Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Demokratik va Respublikachi partiyalaridan sakkiz nafar senator Pentagonga murojaat qilib, Ukraina Qurolli kuchlarini zamonaviy F-16 qiruvchi samolyotlari bilan ta’minlash imkoniyatini o‘rganishni talab qildi. Bu haqda Politico va Fox News yozmoqda.

Foto: Getty Images

Murojaat mualliflarining yozishicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush hozir “muhim bosqichda”, qiruvchilarni olish “Ukraina Qurolli kuchlariga jang maydonidagi o‘yin qoidalarini o‘zgartirish uchun muhim imkoniyat beradi”.

Senatorlar AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostindan qiruvchilarni jo‘natish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan turli omillarni ushbu hafta oxirigacha baholashni talab qildi. Xususan, F-16 ta’minotining mojaro rivojlanishiga ta’siri, ukrainalik uchuvchilarni o‘qitishga ketadigan vaqt, Kiyevning boshqa qurollarga nisbatan qiruvchi samolyotlarni olishga qiziqishi darajasi, shuningdek, qiruvchilarni qanday: noldan ishlab chiqaribmi yoki zahiralardan olib yetkazib berish ehtimoli baholanishi kerak. 

“Yevropada tinchlik va xavfsizlikni tiklash uchun Qo‘shma Shtatlar ittifoqchilarimiz bilan hamkorlikda Ukrainaning sa’y-harakatlarini qanday qilib eng yaxshi tarzda qo‘llab-quvvatlashimiz mumkinligini doimiy ravishda baholab borishi kerak”, — deb xulosa qildi senatorlar.

AQSH senatorlari bir necha bor siyosiy va harbiy rahbariyatni Ukrainaga zamonaviy qiruvchi samolyotlarni topshirishga chaqirgan.

Avvalroq Oq uy AQSH boshqa davlatlarning Ukrainaga qiruvchilar berishini olqishlashi, biroq Amerika hukumatining o‘zi bunday yordamni va’da bermasligi haqida ma’lum qilgandi.

AQSH prezidenti Jo Bayden ABC kanaliga bergan intervyusida “Ukrainaga hozir F-16 qiruvchilari kerak emas” degan. Keyinroq AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Baydenning so‘zlarini tushuntirib, Oq uy urushda Ukrainaning shoshilinch ehtiyojlarini birinchi o‘ringa qo‘yib kelayotganini ta’kidladi. “Hozirgi bosqichda muhim element yerda manyovrlarni amalga oshirish qobiliyatidir. Va bu tanklar, bronetransportyorlar, piyoda jangovar mashinalarni anglatadi”, — dedi Sallivan.

The New York Times gazetasining yozishicha, AQSH prezidenti ma’muriyati F-16 samolyotlarini uchinchi davlatlar, jumladan, Daniya yoki Niderlandiya orqali Kiyevga topshirishni istisno etmagan. 10-fevral kuni Ukraina hukumati Niderlandiyaga F-16 qiruvchilarini so‘rab ariza yubordi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »