Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mitti vine kulgi jamoasi a’zosi Ulug‘bek Shodibekov “Chotki TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida marhum do‘sti Farhod Mannopovning o‘limi tafsilotlarini so‘zlab berdi.

Foto: Instagram

— O‘ylab qarasam, hammasi bir ssenariy asosida tuzilgandek bo‘lib o‘tdi. Chunki basseynga cho‘milgani borishimizdan ancha avval kuponni berishgan edi. “Basseynga bormaymizmi?” dedi. “Borib yangi videolar qilamiz”, deb basseynga bordik. U avvaldan suv tagida suzishni yaxshi ko‘rardi. Tog‘larga borsak ham suv tagida suzib, adrenalin olardi. Burnidan jarohat olganidan keyin o‘sha yerdagi bir odam yaxshi shifokor bor deb tavsiya qildi. To‘g‘ri, u ham yomon niyatda aytmadi.

U shifokorning bemorlari ko‘p bo‘lgani uchun birdan qabuliga ham borib bo‘lmas ekan. Ammo Farhod qo‘ng‘iroq qilganida bittada javob berib, “Keling” dedi. Oradan bir soat o‘tib, klinikaga bordik. Farhod shu bahona burnimdagi qiyshiqni ham to‘g‘rilatib olaman, dedi. Shifokor tekshirdi, Farhod bilan operatsiya summasini kelishishdi. Shifokor ertasi kuni ertalab kelib, tahlillar topshirishni tayinladi. Farhod qabuldan chiqishi bilan onasiga qo‘ng‘iroq qilib: “Ona, qachondan beri burnimni to‘g‘rilatishim kerak deb yurgandim. Xudoyim yaxshi doktorga yo‘liqtirdi”, deb xursand bo‘lib gapirdi. Jarohat olgan bo‘lsa ham ahvoli yaxshi edi. Chunki o‘sha kuni ham tungi soat birgacha jamoadagi yigitlar bilan o‘yin o‘ynab o‘tirdik. 

Ertalab o‘zim klinikaga olib boraman deb qo‘ng‘iroq qilsam, yo‘lga tushganini aytdi. “Tahlillarni topshirib turaman, sen soat 11:00 ga kelaver”, dedi. Aytgan vaqtiga borib, bir-ikkita video tayyorladik. Farhod juma namoziga borib kelgunimga qadar operatsiyadan chiqishi va soat 15:00 larga yaqin xonaga joylashtirilishi haqida aytib berdi. Namozga ketgan vaqtim u menga bir nechta ovozli xabarlar jo‘natibdi. Shu kungacha biror marta bir-birimizga salom bermas edik. “Assalomu alaykum”, deb boshlangan ovozli xabarni eshitib boshqacha bo‘lib ketdim.

Klinikaga kelsam, operatsiyaga olib kirib ketishgan ekan. Klinikaga Farhodning onasi va ayoli ham yetib kelishdi. Avvaliga nega operatsiyadan kech chiqayotganining sababini aytishmadi. Shifokorning yordamchisiga qo‘ng‘iroq qilsam “Boshqa bemorlar kelib qoldi, shunga operatsiya ortga surildi”, dedi. Xullas, soat 20:30 da Farhod komaga tushib qolganini aytishdi. Keyin bilsak, u operatsiyaga olib kirilganidan bir yarim soat vaqt o‘tgandan keyin ahvoli og‘irlashgan ekan. Nima uchun bizga shuncha vaqt o‘tib xabar qilishganiga hayronman.

Shuncha qarshilik qilishganiga qaramay Farhodning oldiga kirdim. Shu kunga qadar koma va jonlantirish xonasi haqida bilmasdim. Uning ahvolini ko‘rib qo‘rqib ketdim. O‘zimni tutib turolmay, “Farhod, onang uchun ham o‘zingni qo‘lga olishing kerak. Jamoamizdagi eng kuchli insonsan”, qayt jigar”, deb baqirib yubordim.

Ajalni muhokama qilishga haqqimiz yo‘q. Ammo bu xabarni bizga shuncha vaqt o‘tib aytishgani alam qildi. Bir yarim soatda chiqqan muammoni olti soatdan keyin aytishmasa ham bo‘lardi-ku. Aytishlaricha, Farhodning yuragi uch marta to‘xtab qolgan va boshqa a’zolari ham ishdan chiqqan. Holatni bilganimizdan keyin boshqa shifokorlarni olib keldik. Ular vaziyatni bilish uchun operatsiya qilgan shifokor bilan yo‘l-yo‘lakay telefonda gaplashib kelishdi. Hatto yuragi qancha vaqtga to‘xtadi, degan savolga ham “1-2 daqiqa” deb noaniq javob berishdi.

Klinikadagi shifokorlar Farhodning isitmasi chiqqanini ham kech bilishgan. Uning tana harorati 42 darajagacha ko‘tarilgani haqida aytishdi. Dori reaksiyasidan keyin qon bosimi tushib ketgan, uni ko‘tarish bilan ovora bo‘lib turishganida o‘pkasiga qon ketgan. Qonni to‘xtatguncha isitmasi ko‘tarilib ketgan. O‘pka, jigar va hatto yurakni ham ishdan chiqarib bo‘lganidan keyin bemorning yaqinlariga xabar berishgan. Eng yomoni, tashqaridan olib kirgan shifokorlarimiz “Falon dori bormi? Mana bu apparat bormi?” deb so‘rashsa, “Yo‘q” deb javob berishyapti. Qonning holatidan kelib chiqqan holda bemorning ahvolini nazorat qiladigan tahlil bor ekan. Hatto bu tahlil ham klinikada yo‘q ekan. Har yarim soatda qonni olib, boshqa klinikada tekshirtirib keldim. Tashqaridan nafaqat shifokorlar, hatto tibbiyot apparatlarini olib ham kirdik.

Klinikadagi shifokorlar “o‘yin”dan chiqqandek bir chetda qarab turishdi. Bemorning sog‘lig‘i tiklanishi uchun harakat qilishmadi. Shifokorga borib “Farhod uchun emas, klinikaning nomi uchun bo‘lsa ham harakat qilinglar”, desam “Musulmonmisiz?” dedi. O‘lim haq ekanligiga ishonaman, ammo harakat qilish kerak-ku”, — deydi Mitti vine kulgi jamoasi a’zosi Ulug‘bek Shodibekov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »