Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston delagatsiyasining Eronga amalga oshirgan tashrifi doirasida transport vaziri Ilhom Mahkamov mamlakat yo‘l va shaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrposh bilan uchrashdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Transport vazirligi

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etilgan. Tomonlar transport va tranzit sohasi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning muhim va strategik yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida qayd etib o‘tgan.

Eronning yo‘l va shaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrposh O‘zbekiston bilan aralash tashuvlar sohasi va tranzit aloqalarini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik qilishga tayyorligini ma‘lum qilgan. Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Eron o‘rtasida transportning barcha yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish rejasi va Ashxobod kelishuvini amalga oshirishga kelishib olgan.

Shuningdek, uchrashuvda Eronnning janubiy va shimoliy portlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, Shimol—Janub transport yo‘lagi bo‘ylab tashuvlarni faollashtirish, amaldagi tariflarni pasaytirish hamda ikki mamlakat haydovchilari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish orqali avtomobil va temir yo‘l transportida tashuvlarni yengillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi. Uchrashuvda O‘zbekiston yetakchisi o‘zaro muloqotlar faollashgani, savdo izchil oshib borayotgani va yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchayganini qayd etgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »