Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyalik 31 yoshli Mixail Korotkov yillar davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maxfiy poyezdini kuzatib kelgan va uni kameralariga muhrlagan. The Washington Post nashri fotografning suratlarini namoyish qildi.

Foto: Getty Images

Putin Rossiya hududlari bo‘ylab sayohat qilganda aynan shu transport turini afzal ko‘radi. Tasvirlarda Putinning shaxsiy raqamlari bo‘lmagan va oynalari doim yopiq bo‘lgan hashamatli zirhli poyezdini ko‘rish mumkin.

“Men fotograflikka judayam sho‘ng‘ib ketdim. Kamyob kadrlarni olishga harakat qildim. Men uchun talab shunchalik katta ediki, oqibatlari haqida o‘ylamagandim”, — degan fotograf.

Poyezd vagonlardan birining tepasida g‘ayrioddiy gumbaz bo‘lib, u yerda maxsus aloqa uskunalari o‘rnatilgani haqida taxminlar bor. Koronavirus pandemiyasi davrida Korotkov Putin poyezdining qatnovi keskin oshganini aytdi. 

“Zirhli poyezd aqldan ozganlarday shoshilardi, boshqa rejalashtirilgan poyezdlar esa unga yo‘l berardi. Oddiy odamlar bunday poyezdda yurmaydi”, — deydi u.

Foto: Mixail Korotkov / The Washington Post

Korotkovning hamkasblari Putinning maxsus poyezdi Moskvadan jo‘nab ketsa, unga xabar bergan va Korotkov o‘z kamerasi bilan relsga shoshgan. U Putin poyezdining ko‘plab suratlarini olgan, biroq internetga bir nechtasini joylagan.

“Mavzuga juda qiziqqanim uchun e’tiborni jalb qilmaslikka harakat qilardim”, — dedi u va bu uning sevimli mashg‘ulotining yuqori cho‘qqisi ekanini aytdi. 

Londonda joylashgan Dose markazi Putin ma’muriyatiga yaqin bo‘lgan ismi oshkor etilmagan manbaga tayanib, Putin 2021-yildan buyon poyezddan ko‘proq foydalanayotganini, chunki uni samolyotlar kabi kuzatib bo‘lmasligini aytdi. Putin eng ko‘p tashrif buyuradigan joylarda, jumladan, 2015-yilda Moskva yaqinidagi Novo-Ogaryovo, 2017-yilda Sochi va 2019-yilda Valdayda maxfiy stantsiyalar va o‘zaro bog‘lovchi liniyalar qurilgan.

2021-yil may oyida Korotkovning YouTube sahifasida g‘alati xabarlar paydo bo‘lgan. Unda u va do‘stining shaxsiy telefon suhbatlari, piyoda sayohatlari matni joylangan.

“Izohlarimda o‘sha suhbatlarni ko‘rganimda, bu dahshatli edi”, — dedi u va bu uni Federal xavfsizlik xizmati kuzatayotgan bo‘lishi mumkinligini bildirganini aytdi. Korotkov izohlarni uni to‘xtatuvchi ogohlantirish sifatida qabul qildi. 

Foto: Ther Washington Post

“Shaxsiy xavfsizligim haqida o‘yladim va o‘sha paytdan boshlab internetda e’lon qilgan hamma narsa menga qarshi ishlatilishi mumkinligini angladim”, — dedi u. Uning 11 yil davomida poyezdlarni kuzatish haqidagi blogidan olgan bolalik quvonchi kulga aylandi.

“Ota-onamga hayotim xavf ostida ekanini aytdim”, — deydi Korotkov.

Korotkov uchun 2022-yil og‘ir yil bo‘lgan. Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan kuni u o‘z kvartirasida oyna sinishi va tutun hididan uyg‘ongan. Uning ostidagi kvartiradagi yong‘in, Rossiya hujumi bilan deyarli bir vaqtda boshlangan. Bosqin uni hayratda qoldirgan. U buni qattiq qo‘llab-quvvatlagan ota-onasi bilan bahslashmaslikka harakat qilganini aytdi. 
U poyezdlarni kuzatish postlari orqali sabotaj yoki terrorchilikda ayblanib qamoqqa olinishi mumkinligidan qo‘rqqan. Mart oyida u “shaxsiy xavfsizligi” uchun blogini yopgan.

Putinning sentabrdagi harbiy safarbarligi nihoyat uni harakatga keltirgan va bir necha kun ichida u ota-onasining qolish haqidagi iltimoslarini rad etib, Rossiyadan qochib ketgan. 

“Eng qiyini muhojirlik yagona yechim ekanini anglab yetish va o‘tgan hayotimdan voz kechib, noldan boshlash edi”, — deydi u.

Korotkov Moskvadan mashinada Qozog‘istonga yo‘l olgan. U yashab turgan ikki manzilga ikki marta harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozi yetib kelganida, Korotkov Qozog‘iston chegarasidan o‘tib ketgan va Hindistonga jo‘nab ketgan. 

Hozir u Shri-Lankadagi plyaj yaqinida yashaydi va rus kompaniyasi uchun onlayn IT kurslarini o‘tkazadi.

“Men oilamni sog‘indim. Bu Rossiyada qoldirgan yagona narsam”, — deydi u.

2011-yilda u blog yuritishni boshlaganida, bu Rossiya hokimiyati bilan kelishmovchilikka olib kelishini orzu qilmagan. Hozirgi kunda Korotkov poyezdlar o‘rniga samolyotlarni kuzatib yuradi, xorijdagi hayoti aks etgan rang-barang videolarni e’lon qiladi. Uning kamerasi linzalari hayvonlar, avtobuslar, samolyotlar, harakatdagi odamlar va kichik insoniy lahzalarni topishga intiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »