Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Shimoliy Koreya qit’alararo ballistik raketa uchirishidan ko‘p o‘tmay, bu Pxenyan uchun qanday oqibatlarga olib kelishini mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda The Korea Times xabar berdi.

Foto: Asia Sentinel

Janubiy Koreya rahbari 16-mart kuni Shimoliy Koreya provokatsiyalari uchun tovon to‘lashi haqida gapirdi. U harbiylarga Shimoliy Koreyaga qarshi kurashga tayyorligini saqlab qolish uchun AQSH bilan Freedom Shield qo‘shma mashqlarini o‘tkazishni buyurdi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Milliy xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishida aytib o‘tgan.

KXDRning so‘nggi raketa uchirishi (16-mart kuni) Janubiy Koreya prezidenti bosh vazir Fumio Kisida bilan sammit uchun Yaponiyaga tashrif buyurishidan bir necha soat oldin sodir bo‘ldi. So‘nggi 10 yil ichida birinchi marta o‘tayotgan sammit ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy, siyosiy va iqtisodiy kelishmovchiliklarni bartaraf etish hamda Shimoliy Koreya tahdidi va boshqa tahdidlarga qarshi hamkorlikni yaxshilashga qaratilgan urinishning bir qismidir. Janubiy Koreya ham, Yaponiya ham mudofaa xarajatlari va qo‘shma harbiy mashqlarni oshirmoqda.

"Shimoliy Koreyaning yadroviy va raketa tahdidi kuchayib borayotgani sharoitida Koreya va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikka bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda”, — deydi Janubiy Koreya prezidenti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »