Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Ukrainaga bahorgi qarshi hujumga tayyorgarlik uchun yordam berishga e’tibor qaratmoqda. Hujum may oyida boshlanishi mumkin, deb xabar berdi Politico yuqori martabali amerikalik mulozimlarga tayanib.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, hozirda Ukrainaga G‘arbning yuzlab tanklari va zirhli texnikalari, snaryadlar, ko‘priklar qurishga mo‘ljallangan maxsus texnikalar — umuman qarshi hujum uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar yuborilmoqda. Bundan tashqari, Ukraina armiyasining 600 nafar harbiysi yaqinda tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish, o‘t ochish, Amerikada ishlab chiqarilgan Bradley jangovar mashinalari va Stryker zirhli transport vositalarini boshqarish bo‘yicha besh haftalik mashg‘ulotlarni yakunladi. Ayni paytda askarlarning ikkinchi guruhi mashg‘ulotlardan o‘tmoqda.

Shuningdek, nashrning taʼkidlashicha, yopiq eshiklar ortida AQSH rasmiylari Kiyevdan artilleriya o‘q-dorilarini tejashni talab qilmoqda, ammo amaldorlar orasida Ukrainaga qanday jang qilish kerakligini uqtirish shartmas, degan fikr ustunlik qilmoqda.

Shunday qilib, qarshi hujum may oyida boshlanishi mumkin. Kiyev hali strategiya borasida bir qarorga kelmagan, unda ikkita variant bor, deb yozadi gazeta. Birinchisi — janubga Xerson orqali Qrimga siljish, ikkinchisi — shimoliy pozitsiyasidan sharqqa, keyin esa Rossiyaning quruqlik yo‘li ko‘prigini kesib o‘tib janubga siljish.

Amerikalik amaldorlar birinchi variant haqiqatdan yiroqligini aytmoqda, chunki Rossiya Dnepr daryosining sharqiy qirg‘og‘ida o‘z mudofaasiga mustahkam o‘rnashib olgan, Ukrainada esa bunday turdagi desant operatsiyasini muvaffaqiyatli boshlash uchun kerakli shaxsiy tarkib kuchi yo‘q. Ikkinchi variant ehtimoli ko‘proq, demoqda rasmiylar.

Amerika urushni o‘rganish instituti — ISW tahlilchilari Rossiya armiyasining sharqdagi hujumlari Ukraina Qurolli kuchlarga qarshi hujumni boshlash imkoniyatini beradi, deb hisoblamoqda.

Shu bilan birga, Ukraina harbiylari hamkorlardan yordam olish va logistikani tashkil qilish masalalarida mamlakat hujum uchun tayyorgarlik ko‘rishi kerakligini ta’kidlamoqda. 

Economist nashrining qayd etishicha, Ukraina kuchlari hozirdan tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Buni ittifoqchilardan olib kelingan texnika hajmi, qo‘shinlarning xorijda o‘qitilishi ham ko‘rsatib turibdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »