Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eronning Mohajer-6 droni Afg‘onistonning Zobul viloyatida qulab tushdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: Al Jazeera

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoda Mohajer-6 dronini ko‘rish mumkin. U zarba berish funksiyalarini bajarishga qodir, ammo aviqurilmada raketalar aniqlanmagan. Shu sababdan u razvedka faoliyatini olib borgani aytilmoqda. 

Mohajer-6 Eron tomonidan ishlab chiqilgan, ammo u ER-878 raqamiga ega. Bunday dron faqat eksport tovarlariga beriladi. Eronning dron belgisi P071 dan boshlanadi.

Mazkur dron qaysi mamlakatga tegishli?

Zobul viloyati Pokiston bilan chegaradosh, ammo Islomobod bunday aviaqurilmalarni sotib olmagan. Iroq ham shunday dronga ega, lekin u yerdan Zobulga qurilma parvozini amalga oshirib bo‘lmaydi. Tojikiston Eron uchuvchisiz uchoqlariga qiziqish bildirgan, Dushanbe Ababil-2 modelini yig‘ishni boshlagan.

Ammo Eronga Mohajer-6 yetkazib berish haqida ma’lumot yo‘q. Eronliklarning o‘zi noma’lum sabablarga ko‘ra xorijga sotilishi kerak bo‘lgan drondan foydalangani yoki shunchaki sinovdan o‘tkaz bo‘lishi mumkinligi prognoz qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »