Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2017—2022-yillar oralig‘ida O‘zbekistonda transport turlari yuk aylanmasida ro‘y bergan o‘zgarishlar tahlil qilindi. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Tahlil mazkur davr mobaynida mamlakatda yuk tashish aylanmasida sezilarli o‘sish bo‘lganligini ko‘rsatdi. Barcha transport turlarida umumiy yuk aylanmasi 2017-yildagi 66,9 mlrd t-kilometrdan 2022-yilda 75,2 mlrd t-kilometrga oshdi. Xususan:

2017—2022-yillarda temiryo‘l transportida tashilgan yuk aylanmasi 22,9 mlrd t-kilometrdan 24,9 mlrd t-kilometrga oshdi.

Avtomobil transportining hissasiga to‘g‘ri keluvchi yuk aylanmasi qariyb 1,5 barobar oshdi. 

Agar tahlil qilinayotgan davr boshida mazkur ko‘rsatkich 13,6 mlrd t-kilometrni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib 20,2 mlrd t-kilometrga yetdi.

2017—2022-yillarda havo transportining yuk aylanmasi 2 barobarga, ya’ni 156,9 mln t-kilometrdan 322,7 mln t-kilometrgacha oshdi.

Transport xizmatlari bozori va infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida bir qator tadbirlar belgilangan. 

Jumladan:

  • hududlarda yuklar shakllanishining asosiy nuqtalarini hisobga olgan holda transport-logistika markazlari tarmog‘ini tashkil etish;
  • xalqaro yuk tashuvlaridagi transport hujjatlarini (“e-Permit”, “e-TIR”, “e-CMR”) elektron ko‘rinishga bosqichma-bosqich o‘tkazish;
  • mavjud konteyner terminallarini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish;
  • temiryo‘lda konteyner tashish ulushini kamida 2 barobar oshirish rejalashtirilgan.

Umuman aytganda, yuk aylanmasining barqaror o‘sishi transport infratuzilmasini rivojlantirish va tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish natijasidir. Kelgusida yuk aylanmasini yanada oshirish zamirida raqamlashtirish, infratuzilmalarni modernizatsiya qilish va tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish yotadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »