Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya hukumati Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin davomida ko‘plab harbiy hamda insoniyatga qarshi jinoyatlarni amalga oshirgan va xalqaro gumanitar huquqni buzgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari kengashi qoshida tashkil etilgan Ukrainadagi huquqbuzarliklarni tekshirish bo‘yicha mustaqil xalqaro komissiya hisobotida aytiladi. Hisobot Rossiyaning Mariupoldagi drama teatriga qilgan hujumining bir yilligi munosabati bilan chop etildi.

Foto: ZUMA

Komissiya urush jinoyatlarini tinch aholiga va energetika infratuzilmasiga hujum qilish, qasddan qotillik, noqonuniy tarzda qamash, qiynoqlar, zo‘rlash va jinsiy zo‘ravonlikning boshqa turlari, shuningdek, bolalarni noqonuniy ko‘chirib yuborish va deportatsiya qilish deb tasnifladi.

Hisobot mualliflariga ko‘ra, Rossiya harbiylari Ukrainada hujumlarni “tinch aholiga yetkaziladigan zarar va azob-uqubatlarni atay hisobga olmagan holda, zarur ehtiyot choralarini ko‘rmasdan” “g‘araz bilan” amalga oshirgan.

Shu bilan birga, komissiya Ukraina Qurolli kuchlari a’zolari tomonidan sodir etilgan “ayrim qonunbuzarliklar”, jumladan, rossiyalik harbiy asirlarning otib o‘ldirilishi, yarador qilinishi va qiynoqqa solinishi bo‘yicha ikkita hodisani urush jinoyati sifatida hujjatlashtirganini ta’kidlamoqda. 

Hisobotni tayyorlash jarayonida BMT komissiyasi a’zolari Ukrainaning 56 ta aholi punktlarida bo‘lib, ularda 348 nafar ayol va 247 nafar erkak bilan suhbat o‘tkazdi. Bundan tashqari, tergovchilar hibsxonalar va qiynoqlar, ommaviy qabrlarni ko‘zdan kechirdi.

Komissiya rahbari Erik Mese jurnalistlarga Ukrainada genotsid belgilari topilmaganini aytdi.

Hisobot mualliflari barcha aniqlangan qonunbuzarliklar va jinoyatlarni tekshirishni hamda aybdorlarni milliy va xalqaro darajada javobgarlikka tortishni tavsiya qildi.

Tahlilchilarning fikricha, BMT komissiyasining hisoboti Rossiyaga qarshi “aybni fosh qiluvchi ohang”da tuzilgan, Rossiyaning BMT Xavfsizlik kengashi a’zosi ekani hisobga olinsa, bu juda noodatiy hol, deb ta’kidlaydi “BBC rus xizmati”.

Fevral oyida AQSH hukumati Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinidan keyin sodir etgan insoniyatga qarshi jinoyatlari haqida ma’lumot bergandi.

13-mart kuni The New York Times gazetasi manbalarga tayanib, Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Ukrainaga bosqin paytida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha Rossiyaga qarshi ikkita ish qo‘zg‘atmoqchi ekanini xabar qildi. Ulardan biri ukrainalik bolalarning o‘g‘irlanishi, ikkinchisi fuqarolik infratuzilmasiga qasddan qilingan hujumlar bilan bog‘liq. Kreml Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan olmasligini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »