Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi vaziyat nozikligicha qolmoqda, chunki g‘arbiy Himolaydagi Ladax mintaqasining bir qancha qismlarida ikki davlat harbiy kuchlari bir-biriga juda yaqin joylashgan. Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar India Today anjumanida aytib o‘tdi.

Foto: Zuma

“Xitoydagi vaziyat juda nozik va murakkab. Chegara kelishuvlari buzilishda davom etar ekan, Xitoy bilan normal munosabatlar bo‘lmaydi. Muayyan hududlarda patrul xizmatini o‘zaro kelishib olish kerak. Biz patrullik qilinmaydigan hududlarni 1970-yillarda tanlagan edik”, — dedi Jayshankar.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, u Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari Van I tashqi ishlar vaziri bo‘lgan paytda u bilan uchrashganida “chegara” inqirozini hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. “Hozir men yangi tashqi ishlar vaziri Sin Gan bilan uchrashdim. Unga avval tinchlikni buzib, keyin hech narsa bo‘lmagandek munosabatlarni davom ettira olmasligimizni aniq qilib bildirdim”, — dedi Jayshankar. Uning ta’kidlashicha, “oldinga siljish uchun” Xitoy vaziyatni hal qilishi kerak.

Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar 2022-yil dekabr oyida Hindistonning Arunachal-Pradesh shtatidagi Tavang okrugida ikki davlat harbiylari Haqiqiy nazorat chizig‘i (Line of Actual Control, LAC) bo‘ylab to‘qnashganidan so‘ng keskinlashgan. Har ikki tomondan bir necha askar yengil yaralangan, shundan so‘ng Hindiston va Xitoy kuchlari mintaqadan olib chiqib ketilgan.

LAC — Janubiy Tibetda Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi bahsli chegara hududlaridagi shartli demarkatsiya chizig‘i. Xususan, Hindiston Tibet tog‘li hududining bir qismi bo‘lgan va Pekin nazorati ostidagi Aksaychin mintaqasiga da’vo qilsa, Xitoy Nyu-Dehli nazoratidagi Arunachal-Pradesh hududini o‘ziniki deb biladi. Hududiy mojaro 1951-yilda Xitoy Tibet ustidan nazorat o‘rnatganidan beri davom etib kelmoqda.

2020-yil iyun oyida Xitoy bilan chegaradagi jangda 20 nafar hind askari halok bo‘ldi. Nyu-Dehli, shuningdek, raqamlarni ko‘rsatmasdan, Xitoy tomonining yo‘qotishlari haqida xabar bergan. Voqea sababi sifatida Hindiston rasmiylari Xitoy tomonidan status-kvoning buzilishini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »