Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqarolarni noqonuniy ravishda AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi O‘zA.

Kadr: Telegram

Xususan, Samarqand shahrida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, 30 ming dollar evaziga tanishlari orqali uni Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishini aytib, oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Boshqa bir holatda esa Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan shaxs Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida istiqomat qiluvchi, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida uni Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga 21 ming dollar talab qilgan.

DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda G‘allaorol tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u 10 ming dollar va 100 million so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Ta’kidlanishicha, mazkur holatlarda fuqarolarga O‘zbekiston—Turkiya—Yevropa—Meksika—AQSH yo‘nalishida Qo‘shma Shtatlarga ishlash uchun yuborish vaʼda qilingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda fuqaroni 20 ming dollar evaziga AQSHga yubormoqchi bo‘lgan talaba ushlangani, Samarqand shahrida 64 nafar fuqaroni AQSHga yuborishini aytib, ularning 4 milliard so‘mini o‘zlashtirganlarga sud hukmi o‘qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »