Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Xitoy rahbari Si Szinpinning Moskvaga rasmiy tashrifi Xitoy Rossiyaning Ukrainadagi jinoyatlari uchun “diplomatik himoya” tayyorlayotganidan dalolat beradi. Davlat departamenti rahbarining so‘zlarini CNN keltirdi.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

“Xalqaro jinoiy sud prezident Putinni hibsga olishga order berganidan bir necha kun o‘tib rais Sining Rossiyaga qilgan safari shuni so‘zlamoqdaki, Xitoy Ukrainada sodir etilgan vahshiyliklar uchun Kremlni javobgarlikka tortish borasida hech qanday javobgarlikni his qilmayapti, ularni qoralash o‘rniga, Rossiyaga jinoyat sodir etishda davom etishi uchun diplomatik himoya yaratishni afzal ko‘rmoqda”, — dedi Blinken Davlat departamentida so‘zlagan nutqida.

Blinken Xitoyning “Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish” tashabbusiga ham izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, Pekinning takliflari orasida AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan bandlar bor, biroq Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqmasdan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi har qanday chaqiriqlar “Rossiya istilosini ratifikatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlashni anglatadi”.

“Uzoq muddatli yechim topmasdan, hozir o‘t ochishni to‘xtatish prezident Putinga tin olish va o‘z qo‘shinlarini qayta jihozlash, keyin esa Rossiya uchun qulayroq vaqtda urushni davom ettirish imkonini beradi. Dunyo Rossiyaning Xitoy yoki boshqa davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan o‘z shartlari asosida urushni muzlatish taktikasiga aldanmasligi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Blinken.

20-mart kuni Si Szinpinning Rossiyaga davlat tashrifi boshlandi, safar 22-martgacha davom etadi.

17-mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi va u Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga majburan deportatsiya qilinishiga shaxsan javobgar ekani aytildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »