Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Ukrainaga umumiy qiymati 350 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratdi. Bu haqda davlat kotibi Entoni Blinkenga tayanib, CNN xabar bermoqda.

HIMARS tizimlari
Foto: Reuters

Bu Kiyevga berilgan Amerika qurollari va harbiy texnikasining 34-paketi bo‘ladi. Uning tarkibiga HIMARS yoppasiga o‘t ochuvchi reaktiv tizimlari uchun o‘q-dorilar, Bradley piyodalar jangovar mashinasi uchun o‘q-dorilar, HARM antiradar raketalari, tankka qarshi qurollar, qayiqlar va boshqa turdagi o‘q-dorilar, qurollar va jihozlar kiradi.

Vashington bundan avvalgi 400 million dollarlik harbiy paket haqida 3-mart kuni e’lon qilgandi. Unga HIMARS, gaubitsalar va Bradley piyoda askarlarining jangovar mashinalari uchun o‘q-dorilar, shuningdek, ko‘prik qurish moslamalari va boshqa jihozlar kiritilgan. Bundan tashqari, o‘sha yordam ichida Kiyevga texnik xizmat ko‘rsatish, harbiylarni o‘qitish va boshqalar bor edi.

24-fevral kuni, Rossiyaning Ukrainadagi bosqini yilligi munosabati bilan Pentagon rahbari Lloyd Ostin so‘nggi bir yil ichida Vashington Kiyevga xavfsizlik uchun 32 milliard dollar yordam berganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH tomonidan Ukrainaga berilgan yordam 1600 dan ortiq Stinger zenit tizimi, 8500 dan ortiq Javelin tankka qarshi tizimlari, 232 ta gaubitsa va 2 milliondan ortiq artilleriya o‘q-dorilari, 38 ta HIMARS tizimi va ularning o‘q-dorilari, Patriot havo mudofaasi batareyasi, 109 ta Bradley piyoda jangovar mashinasi va 31 ta Abrams tankini o‘z ichiga olgan.

Yevropa davlatlari ham Ukrainaga yordam bermoqda. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg urush davom etayotgan bir yil ichida Kiyevga ko‘rsatilgan G‘arb davlatlarining umumiy harbiy va moliyaviy yordamini 120 milliard dollarga baholagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »