Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoyning “tinchlik rejasi” deb ataluvchi hujjatida mantiq yo‘q, balki qarama-qarshiliklar saqlanib qolgan, dedi Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Italiyaning Corriere della Sera gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

Foto: “UNIAN”

“Unda (rejada) hech qanday tafsilot yo‘q, muvozanatli mantiq yo‘q, bandlardan birida suverenitet va hududiy yaxlitlik daxlsizligi haqida gap ketsa, boshqasida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurligi haqida, ya’ni bosib olingan hududlarni Rossiya ixtiyorida qoldirishni anglatadi: bu qarama-qarshilik”, — deb tushuntirdi Podolyak.

Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik rejasini “bosqinchi mamlakat manfaatlariga” javob beradigan tarzda tuzib bo‘lmaydi, u Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqib ketishdan boshlanishi kerak.

Ukraina Xitoyning Rossiyaga 2022-yil 24-fevraldagi chegaralarga qadar chekinish bo‘yicha ehtimoliy taklifini qanday baholaydi, degan savolga Podolyak shunday dedi: “O‘n minglab odamlarning o‘limi va hududlarni samarali himoya qilishdan so‘ng ham, bir yil oldin Kremlni bizga hujum qilishga undagan status-kvoga qaytishning nima keragi bor?”

Podolyakning ta’kidlashicha, buning iloji yo‘q, chunki har qanday murosa tinchlikka emas, balki vaziyatning keskinlashishiga, keyin esa mojaroga olib keladi.

Xitoyning “tinchlik rejasi”

Ukrainada urush boshlanganining bir yilligi munosabati bilan Pekin 12 banddan iborat “tinchlik rejasi”ni e’lon qilgandi. Unda Xitoy tomoni, xususan, barcha davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishni, sovuq urush mentalitetidan voz kechishni, harbiy harakatlarni to‘xtatishni, muzokaralarni qayta boshlashni va bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilishni taklif qilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi “xitoylik do‘stlarining Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga hissa qo‘shishga bo‘lgan samimiy istagini” qadrlashini bildirdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Pekin takliflarini tinchlik rejasi sifatida ko‘rmadi. “Menimcha, Xitoy bu borada o‘z fikrlarini bildirganga o‘xshaydi, — dedi Ukraina rahbari. — Xitoy mojaro haqida gapira boshlagani yaxshi, boshqa savol esa — bu so‘zlar ortida nima bor?”

AQSH prezidenti Jo Bayden Xitoyning tinchlik rejasini faqat Rossiya uchun foydali deb atadi. Germaniya kansleri Olaf Shols takliflarda Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqish bandi yo‘qligiga e’tibor qaratdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »