Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari YI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelning Ukrainaga 2 milliard yevrolik o‘q-dori yetkazib berish rejasini ma’qulladi, deb xabar bermoqda AFP diplomatik manbalarga tayanib.

Foto: Pixabay

Nashrga ko‘ra, yevropalik vazirlar Ukrainaga kamida 1 millionta o‘q-dori yetkazib berish va YI davlatlarining zaxiralarini to‘ldirish bo‘yicha qaror qabul qilgan.

DPA agentligining YIdagi diplomatik manbalariga tayanib xabar berishicha, ittifoq davlatlari kelgusi 12 oy ichida Kiyevga 1 millionta yangi artilleriya snaryadlarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Unga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Kiyevga o‘q-dorilarni xarid qilish va yetkazib berish uchun Yevropa tinchlik jamg‘armasidan 2 milliard yevro ajratish bo‘yicha Borrel rejasini ma’qullagan. Xususan, 1 milliard yevro Ukrainaga o‘z zaxiralaridan tezda snaryadlar yetkazib bera oladigan davlatlarga kompensatsiya sifatida, yana 1 milliard yevro esa o‘q-dorilarni sotib olish bo‘yicha qo‘shma loyihalarga yo‘naltiriladi.

Yevropa tinchlik jamg‘armasi mablag‘lari Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga Ukrainaga bergan qurollari uchun kompensatsiya sifatida ajratiladi. Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Bryussel jamg‘armadan Kiyevga berilgan qurol va o‘q-dorilar narxining 40 foizini to‘lab beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »