Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan viloyati Uychi tumanida DXXga ishga kiritib qo‘yish uchun fuqarolardan pul olib kelgan soxta IIB xodimi ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, mazkur shaxs Ichki ishlar vazirligi shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan IIO xodimlarini obro‘sizlantirish holatlarining oldini olish yuzasidan olib borilayotgan tezkor va porfilaktik tadbirlar davomida ushlangan. 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zini viloyat IIBda ishlashi, amakisi esa DXXda yuqori lavozimlardan birida faoliyat olib borishini aytib fuqarolarni aldab kelgan. Ularga huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga, xususan, IIO yoki DXXga ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib, firibgarlik yo‘li bilan pullarini olib yurgani aniqlandi. 

Jumladan, 2022-yilning noyabr oyida u Farg‘ona viloyati Rishton tumanida yashovchi fuqaroga IIOga ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib, aldov yo‘li bilan dastlab 800 dollar olib, keyinchalik DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib, jami 7 ming 600 AQSH dollari olgan. 

Bundan tashqari, Andijon tumanida yashovchi fuqaroga ham xuddi shunday vaʼda qilib, 500 AQSH dollari va 320 ming so‘m pullarni olgani maʼlum bo‘ldi. U fuqarolarni ishontirish uchun IIO xodimlarining mahkama xizmat kiyimini tiktirib, shu kiyimda ularni chuv tushirib yurgan. 

Holat bo‘yicha Namangan shahri IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28-modda orqali 211-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »