Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) vabo tarqalishining global miqyosdagi xavfini juda yuqori deb baholadi, bunga epidemiyalar sonining ko‘payishi va ularning geografik kengayishi sabab bo‘lmoqda.

Foto: “TASS”

“Mavjud vaziyat, jumladan, epidemiyalar soni ortib borayotgani va ularning geografik kengayishi, shuningdek, vaksinalar va boshqa resurslarning yetishmasligidan kelib chiqib, JSST global darajadagi xavfni juda yuqori deb baholaydi”, — deyiladi JSST hisobotida.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yil 11-fevralda vabo bilan bog‘liq so‘nggi yangilik eʼlon qilinganidan beri global vaziyat yanada yomonlashgan, yana to‘rtta mamlakatda kasallik avj olgani haqida xabar berilgan.

“Hozirda jami 24 ta davlat shunday holatlar haqida xabar bermoqda”, — deyiladi hujjatda.

Avvalroq JSST dunyoning 43 mamlakatida bir milliarddan ortiq odam vabo bilan kasallanish xavfi ostida ekanini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, kasallanishlar sonining ko‘payishiga qashshoqlik, mojarolar va tabiiy ofatlar sabab bo‘lmoqda.

2022-yil dekabr oyida JSST vaboga qarshi vaksinalar yetishmasligi haqida ham xabar bergandi. Tashkilot vakili vaboga qarshi vaksinalarning jahon zaxiralari “bo‘shab qolgani yoki juda kam” ekanini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »