Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari, sobiq prezident Dmitriy Medvedev Germaniya Adliya vazirligi rahbari Marko Bushmanning Berlinda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Germaniyaga kirishi bilanoq hibsga olishga majbur bo‘lishi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi. Medvedevning aytishicha, bunday harakat urush e’lon qilish bilan barobar bo‘ladi.

Foto: “Kommersant”

“Tasavvur qilaylik — bu hech qachon yuz bermaydigan holat ekani aniq, — lekin shunga qaramay, u amalga oshdi deb tasavvur qilaylik. Yadroviy davlatning amaldagi rahbari, aytaylik, Germaniya hududiga keldi va hibsga olindi. Bu nima? Rossiya Federatsiyasiga urush e’lon qilish!”, — dedi  Medvedev rossiyalik jurnalistlar bilan suhbatda.

Medvedev Rossiya prezidenti Germaniyada hibsga olingan taqdirda, Rossiyaning barcha “mablag‘lari Bundestagga, kansler idorasi va hokazolarga uchishini” vaʼda qildi. “U bu urush e’lon qilish ekanini tushunadimi? Yoki yomon o‘qiganmi?”, — deya iddao qildi Medvedev. U Bushmanni ahmoq va ilmsiz deb atadi, Xalqaro jinoiy sudning Vladimir Putinni hibsga olish orderi kabi qarorlar esa “yirik salbiy potensial” yaratayotganini aytdi.

Dmitriy Medvedev, shuningdek, G‘arbning amaldagi rahbarlarini yoqtirmasligini aytdi. Shu bilan birga, uning fikricha, “ertami-kechmi vaziyat barqarorlashadi va aloqa tiklanadi”. U bu vaqtga kelib G‘arbning amaldagi yetakchilarining salmoqli qismi “nafaqaga chiqadi” degan umidda. 

Bushman Germaniya Xalqaro jinoiy sud qarori tufayli Putinni Germaniyaga qadam qo‘ysa, hibsga olishga majbur bo‘lishini aytgandi. 17-mart kuni XJS Vladimir Putin va bolalar ombudsmeni Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergandi, chunki ular, sudga ko‘ra, “aholi (bolalar)ning noqonuniy deportatsiyasi bilan bog‘liq harbiy jinoyatlar uchun javobgar” deb topilgan. Kreml sud qarorini “qonun nuqtai nazaridan ahamiyatsiz” deb atadi. Rossiya tergov qo‘mitasi XJS prokurori va sudyalariga nisbatan ish ochdi, Germaniya Adliya vazirligi rahbarining bayonotiga huquqiy baho beriladigan bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »