Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Rossiya va Xitoyning yaqinlashishiga imkon berib, strategik xatoga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq rahbari va AQSH sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo Fox News’ga bergan intervyusida gapirdi.

Foto: “RIA Novosti”

Siyosatchi Oq uyning XXR raisi Si Szinpinning Moskvaga tashrifini ahamiyatsiz hodisa sifatida ko‘rsatishga urinishlarini “katta strategik xato” deb baholadi.

“Bayden ma’muriyati muvaffaqiyatsizlikka uchradi, ular rossiyaliklar va xitoyliklarning birlashishiga ruxsat berdi, bu esa AQSH va har bir fuqaro uchun katta xavf tug‘diradi”, — dedi Pompeo.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining ikki doimiy a’zosi “AQSHga qarshi birlashgani” Vashington uchun salbiy oqibatlarga olib keladi, deya xulosa qildi Pompeo.

Si Szinpin 20-mart kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi. Siyosatchi Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan muzokaralar olib bordi va davlat rahbari Vladimir Putin bilan ikki marta uchrashdi. Siyosatchilar Ukrainadagi mojaroni tartibga solishni, 2024-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarini muhokama qilib, “Sibir qudrati-2” gaz quvurini qurish bo‘yicha kelishuvning asosiy parametrlarini kelishib oldi. Muzokaralar yakunida Putin va Si Szinpin 2030-yilgacha iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirish rejasini imzoladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »