Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Vashingtonga tashrifi chog‘ida Belarusni Rossiya bilan aloqalarni uzishga chaqirdi. U 22-mart kuni AQSH Kongressida so‘zga chiqib, Kremlga Ukrainaga hujum uchun Belarusdan foydalanishga ruxsat bergan Aleksandr Lukashenkoning harakatlarini tanqid qildi.

Foto: Getty Images

“Tajovuzkor mamlakat “Ukrainaga hujum qilish va unga tahdid solish” uchun Belarus hududi, havo hududi va infratuzilmasidan harbiy maqsadlarda “erkin foydalanadi”, dedi Tixanovskaya. “Rossiyaning Belarus ichki ishlariga aralashuviga qarshi turish vaqti keldi. Rossiya noqonuniy rejimni qo‘llab-quvvatlab, milliy o‘zligimizga qarshi mustamlakachilik harakatlarini amalga oshirmoqda”, — dedi u. Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Tixanovskaya mamlakatni Ukrainaga qarshi urushda qatnashishni to‘xtatishga chaqirdi.

Tixanovskaya Belarusda 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan

Mart oyi boshida Minsk shahar sudi Tixanovskayani sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Tergov unga bir vaqtning o‘zida o‘nta ayblov qo‘ydi: unvon va hokimiyatni ruxsatsiz tortib olish, milliy xavfsizlikka qarshi harakatlarda xorijiy davlatga yordam berish, hokimiyatni egallab olish uchun fitna uyushtirish, nafrat uyg‘otish, ekstremistik tuzilma yaratish, Markaziy saylov komissiyasi ishiga to‘sqinlik qilish va boshqalar.

Tixanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, u Belarus hukumati bu hukm bilan unga nima demoqchi bo‘lgani haqida bosh qotirayotgani yo‘q.  U “hukm bilan yoki usiz siyosiy mahbuslarni ozod qilish va mamlakatni demokratik o‘zgarishlar sari yetaklash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishda” davom etmoqchi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »