Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dunyo bo‘ylab 2022-yilda 400 dan ortiq odam milliarder maqomini yo‘qotdi, ularning yarmi Xitoyga to‘g‘ri keladi. Reuters agentligi xitoyliklar kambag‘allashayotgani sababini keltirib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Keltirilishicha, dunyoning eng badavlat kishilari boyligining kamayishi global miqyosda pul-kredit siyosatining keskinlashuvi, COVID-19 pandemiyasi va Pekinning yirik texnologiya kompaniyalariga qarshi keskin choralari bilan bog‘liq. Hurun Global Rich List 2023 ma’lumotlariga ko‘ra, 445 kishi milliarderlar ro‘yxatidan chiqib ketgan, ulardan 229 nafari esa Xitoydan. Xuddi shu davrda 69 nafar yangi xitoylik milliarderlar paydo bo‘lgan. 

“Dunyoda milliarderlari soni 8 foizga kamaydi, ularning umumiy boyligi esa 10 foizga pastladi”, — deydi Hurun Report asoschisi va rahbari Rupert Hugeverf.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ro‘yxatga bir yil avvalgi 3381 kishiga nisbatan 3112 kishi kiritilgan. Eng ko‘p milliarderlar Xitoy (969 kishi) va AQSHda (691 kishi). Ikki davlat birgalikda dunyodagi eng boy odamlarning 53 foizini tashkil qiladi. Uchinchi o‘rinni 187 milliarder bilan Hindiston egallagan.

Hurun Global Rich List 2023 ro‘yxatidagi dastlabki uch o‘rinni LVMH bosh direktori Bernard Arno, SpaceX va Tesla bosh direktori Ilon Mask, Hermes merosxo‘ri Bertran Pyuh va uning oilasi egallagan. Xitoy giganti Alibaba Group Holding asoschisi Jek Ma Pekinning tartibga solish choralari tufayli bir yil avvalgi 34-o‘rindan 52-o‘ringa tushib ketgan.

Xitoy regulyatorlari Alibaba’ning onlayn to‘lovlar bo‘yicha sho‘ba korxonasi Ant Group’ning fond bozoriga 34 mlrd dollar kiritishini bloklagan. Bundan tashqari Alibaba’ga o‘zining ba’zi media aktivlarini, jumladan Gonkongning South China Morning Post gazetasini sotish buyurilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »