Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Ukrainada urush boshlanganidan beri o‘nlab harbiy asirlarning qatl etilganini hujjatlashtirganini ma’lum qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: AP Photo

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi hisobotida 15 nafar ukrainalik harbiy asirning Rossiya qo‘shinlari tomonidan qatl etilishi, ulardan tirik qalqon sifatida foydalanish, tibbiy yordam ko‘rsatilmagani sababli ikki yaradorning o‘limi, qiynoqlar haqida so‘z boradi.

Hujjatda Ukraina Milliy gvardiyasi zobiti haqida ma’lumot keltirilgan. Jumladan, u 2022-yil aprelda Mariupoldagi radiostansiyaga kirish parolini berishdan bosh tortgani uchun qiynoqqa solingan va qatl etilgan. U Baxmut janubidagi qishloqda “Vagner” guruhi tomonidan qo‘lga olingan. Uning ko‘krak qismiga uchta va boshiga bitta o‘q uzishgan.

“Harbiy asirlarga hujum xalqaro huquq tomonidan taqiqlangan va qasddan qilingan bo‘lsa, harbiy jinoyat hisoblanadi”, — deyiladi hisobotda.

Shuningdek, BMT kamida 25 nafar rossiyalik harbiy asirning qatl etilgani haqida ma’lumot olganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, rossiyalik harbiyga aloqador voqealardan biri 2022-yilning mart oyida Lugansk viloyatida sodir bo‘lgan.

“Rossiyaga aloqador qurolli guruhlarning ba’zi a’zolari taslim bo‘lishdan bosh tortgandan so‘ng ukrainalik askarlar tomonidan o‘ldirilgan. Rossiyalik jangchilarning ayrimlari artilleriyadan o‘t ochilishi oqibatida yarador yoki o‘lgan bo‘lishi mumkin”, — deyilgan xabarda. 

Ukraina BMT guruhlariga rossiyalik harbiy asirlar oldiga kirish imkoniyatini bergani keltiriladi. Shu bilan birga, Rossiya tomonidan bunday ruxsat taqdim etilmagani qayd etilgan. Avgust oyida BMT guruhiga ishg‘ol qilingan Luganskda saqlanayotgan 13 nafar ukrainalik harbiy asirlar guruhi bilan uchrashishga ruxsat berilgan birgina holat bo‘lgan. Biroq ularni so‘roq qilishga ruxsat berilmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »