Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum og‘ir jinoyati uchun jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini (ilgari yarmini edi), o‘ta og‘ir jinoyati uchun esa to‘rtdan uch qismini (ilgari uchdan ikki qismi edi) o‘taganidan keyin qo‘llanishiga oid o‘zgartish kiritildi.

Mazkur jinoyatlar uchun jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish esa tegishli og‘ir jinoyat uchun jazoning yarmini (ilgari uchdan bir qismini edi) hamda o‘ta og‘ir jinoyat uchun jazoning uchdan ikki qismini (ilgari yarmini edi) o‘taganidan keyin qo‘llanadi.

Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarni kino, foto, videotasvirga tushirishga va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bilan birga jazoni ijro etuvchi organning ruxsati ham olinishiga oid talab qo‘yildi.

Mahkumlarga navbatdagi uchrashuvdan mahrum qilish tarzidagi intizomiy jazo chorasi kiritildi.

Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlarga nisbatan sudga quyidagilar to‘g‘risida taqdimnoma kiritiladi:

  • manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan – turmaga o‘tkazish to‘g‘risida;
  • manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan – maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan – turmaga qaytarish haqida.

Ilgari mazkur tartiblar intizomiy jazo sifatida jazoni ijro etish muassasalari tomonidan qo‘llangan.

Avvalroq o‘zbekistonlik deputatlar jinoyatlar soni ortgani sabab shartli ozod qilish tizimini qayta ko‘rib chiqishni taklif etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Senat esa mart boshlarida bu boradagi tegishli qonunni ma’qullagandi

Ma’lumot uchun, 2022-yil noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston qamoqxonalarida 26 mingdan ziyod mahkum saqlanmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda endi mahkumlarning jazoni o‘tash davrida bajaradigan ishi pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shilishi ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »