Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikistonda 23-mart kuni sodir bo‘lgan yer silkinishi O‘zbekiston hududida ham sezildi. Voqea ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. O‘zFA Seysmologiya instituti olimlari jurnalistlar bilan muloqot o‘tkazib, zilzila yuzasidan bir qator savollarga javob qaytardi. Muloqotda “Daryo” muxbiri ham ishtirok etdi.

“Bir zonadagi zilzila boshqasiga taʼsir qiladi”

Muloqotda fizika-matematika fanlari nomzodi Ulfat Nurmatov Markaziy Osiyo – yagona geodinamik hudud ekanini aytdi. Olimning taʼkidlashicha, mintaqadaning bir qismida bo‘layotgan geodinamik jarayon ikkinchi qismiga ham taʼsir ko‘rsatmay qolmaydi.

“Lekin har bir hududning zilzila sodir bo‘lib turadigan alohida, faol zonalari mavjud. Markaziy Osiyodagi eng seymik joy – Pomir va Tyanshan  tog‘lari to‘qnashgan hududda. Asosan, 7 magnitudan ortiq zilzilalar aynan o‘sha zonada sodir bo‘ladi. Hattoki, uning sharqiy qismida 8,2 magnitudagi Qashqar zilzilasi sodir bo‘lgan. Markaziy Osiyoda undan keyin bu qadar kuchli zilzila sodir bo‘lmagan. Orada bir necha zonalar mavjud. O‘zbekiston hududida u hududlarga qaraganda kuchsiz zilzila bo‘ladi. Umuman olganda, Markaziy Osiyoda 6 balldan yuqori zilzilar soni barmoq bilan sanarli darajada oz”, – dedi mutaxassis.

Ulfat Nurmatov 
Foto: “Daryo”

Ulfat Nurmatov Turkiyadagi zilzila sunʼiy uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi qarashlarga ham ilmiy munosabat bildirdi.

“Hozir odamlarning og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Bunga o‘xshash fikrlar juda ko‘p. “Kosmosdan besh yarim metrli snaryad tashlangan, u yer ostiga kirib portlagan”, degan gaplar ham aytilmoqda. Shuni bilib olishimiz kerakki, har bitta inson qo‘li bilan qilinadigan sunʼiy fojealar tabiiy zilziladan tubdan farq qiladi. Yaʼni zilzila bilan sunʼiy ravishda uyushtirilgan portlashni ajratib olish mumkin. Bularni bir-biri bilan adashtirish mumkin emas”, – dedi olim.

Magnituda bilan ballning farqi

Ulfat Nurmatovning aytishicha, magnituda bu zilzila o‘chog‘idan ajralib chiqayotgan energiyaning kattaligidir.

“Ball esa zilzilaning taʼsirida yer yuzida namoyon bo‘ladigan oqibatlarni belgilovchi parametr, aynan yer yuzidagi binolarning buzilishi, odamlarning unga bo‘lgan reaksiyalari. O‘shanga qaratib maʼlum bir shkala ishlab chiqarilgan”, – dedi u.

“Quruvchilar binoni arzonroq qurishga harakat qiladi”

Suhbat davomida O‘zFA akademigi Kaxarbay Abdullabekov “O‘zbekistonda binolar kuchli zilzilalarga bardoshlimi?”, degan savolga javob qaytardi. Olimning aytishicha, respublikadagi barcha viloyat va shaharlarning seysmik rejalari ishlab chiqilgan. Qoidalarga amal qilib qurilgan binolar, belgilangan balldagi zilzilaga bardosh beradi.

Kaxarbay Abdullabekov
Foto: “Daryo”

“Seysmologiya instituti butun respublika bo‘yicha qayerda, qanaqa kuch bilan zilzila bo‘lishi to‘g‘risida umumiy seysmik planlashtirish xaritasini tuzgan. Qurilish qoidalari va meʼyorlari belgilangan hujjut mavjud. Ana o‘sha hujjatning asosini bizning institut tuzib bergan. Bino loyihasini quruvchilarning o‘zi qiladi. Faqat yuqori ballga bardoshli binolar qurilishining narxi ham qimmatlashib boradi. Masalan, oshirilgan har bir ball uchun narxlar 10 foiz, hatto 15 foizgacha oshadi. Agar binoning narxi 10 milliard so‘mlik bo‘lsa, u 8—9 balllik zilzilaga mo‘ljallab berilsa, qiymat 20 milliard so‘mga ko‘tariladi. Shuning uchun quruvchilar iloji boricha ballni pasaytirishga harakat qiladi. Lekin institutning vazifasi qayerda qanaqa kuch bilan zilzila bo‘lishini aniqlash. Quruvchilar ana o‘shanga qarab tuzilgan xarita asosida bino qurishlari zarur”, – dedi mutaxassis.

“Toshkentning 70-80 foizi 9 ballik zonaga kiradi”.

Akademik Kaxarbay Abdullabekov Toshkent shahri qancha ballik zilzila hududi ekani haqida ham maʼlumot berdi.

“Hududni umumiy seysmik planlashtirish xaritasi bor. Toshkentning 70 foiz joyi soz tuproq bilan qoplangan, qalinligi har xil. Shuning hisobiga Toshkentga zilzila kuchi bir ball qo‘shib beriladi. Masalan, 7 ballik bo‘lsa, 8 ball bilan seziladi. Umuman olganda, Toshkentning 70—80 foizi 9 ballik zonaga kiradi. Sergeli tumani tomonlar qumli joylardir. U yer 8 ballik hudud hisoblanadi”, – dedi olim.

Akademikning taʼkidlashicha, Seysmologiya instituti respublikadagi 40 dan ortiq shaharlarga seysmik mikroplanlashtirish xaritasini tuzib bergan.

“Binoni mustahkam qurish kerak. 2011-yilda Yaponiyada sodir bo‘lgan zizlila Turkiyadagidan kuchliroq edi. Ammo Yaponiyada birorta odam o‘lmadi. Chunki binolar haqiqiy bo‘ladigan zilzilaning kuchini hisobga olib, qurilish meʼyorlariga amal qilib qurilgan. Lekin Turkiyada, afsuski, gap zilzilada emas, quruvchilarda. U yerda yaxshi seysmoloklar bor. Ular zilzila kuchini to‘g‘ri belgilagan. Lekin quruvchilar binolarni o‘shanga moslab qurmagan. Ayb quruvchilarda. Xuddi baland binoning tagini qilich bilan kesganday to‘kilib tushyapti”, – dedi Kaxarbay Abdullabekov.


Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »