Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston hududlarida 6 balldan 9 ballgacha zilzila kuzatilishi mumkin bo‘lgan 359 shahar ro‘yxati bilan bog‘liq xabarlar tarqalmoqda. Mazkur ro‘yxat FVV saytiga joylashtirilgan.

Tarqalayotgan xabarlar ikki xil mazmunda biri, yaqin kunlarda shu baldagi zilzila sodir bo‘ladi mazmunida, ikkinchisi qachonlardir bo‘lishi mumkinligi haqida chop etilmoqda. Gidrometeorologik ilmiy tahlillar kanali muallifi Erkin Abdulahatovning yozishicha, bu ro‘yxat O‘zbekistonning seysmik rayonlashtirish xaritasidan kelib chiqib tuzilgan va qachonlardir hududlarda shu kuchdagi zilzila bo‘lishi mumkinligini anglatadi. Balki, 20, balki, 100 yoki 1000 yildan so‘ng.

Ro‘yxatda jami 359 aholi yashash punktlari kiritilgan. Ba’zi hududlar 9 ballik seysmik faol hududlarga yaqin hududlarda joylashgan bo‘lishiga qaramay, chuqur ilmiy o‘rganishlar asosida 6 ballik hudud qatoriga kiritilgan. “Bu joyning geomorfologik holati, geologik tuzilishi bilan tushuntirilsa kerak”, — deydi mutaxassis.

Aholida ushbu xabar sarosima keltirib chiqarayotgani sababli Erkin Abdulahatov xabarlarni vahima va sarosima bilan qabul qilmasliklarini so‘radi.

“O‘zbekistonning seysmik rayonlashtirish xaritasi azaldan tuzib kelinadi. Buni qurilish sohasi vakillari va ko‘pchilik keng doirada fikrlovchi qatlam juda yaxshi tushunadi. Qurilishlarimiz shu ballarni inobatga olib quriladi”,  — deydi mutaxassis.

Kuni kecha O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila sodir bo‘lishi haqida turli xabarlar tarqalgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatga munosabat bildirib, bugungi kunda dunyoning hech bir davlatida zilzila sodir bo‘ladigan sana va hatto taxminiy vaqtni bashorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emasligini, O‘zbekiston seysmik faol zonada joylashgani sababli baʼzida yer silkinishlari sodir bo‘lishi va har doim shunday bo‘lganini bildirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »