Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 23-mart kuni Yevropa kengashi yig‘ilishi ishtirokchilariga murojaatida Rossiya—Ukraina urushining tugashini tezlashtirishga nima to‘sqinlik qilayotganini tushuntirib berdi.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Zelenskiy mojaro rivojiga G‘arb tomonidan Ukrainaga zamonaviy qiruvchi samolyotlar va uzoq masofaga uchuvchi qurollarni topshirish bo‘yicha qarorlarning kechikishi ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

“Agar Ukraina va Yevropa o‘rtasidagi hamkorlikda kechikishlar yoki turg‘unlik bo‘lmasa, birgalikdagi saʼy-harakatlar Ukraina g‘alabasi sari qatʼiy yo‘naltirilsa, g‘alaba shu yili bo‘ladi. Qanchalik tez birga harakat qilsak, shunchalik ko‘p odamlar hayotini saqlab qolamiz”, — dedi Zelenskiy.

Shuningdek, Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, terror uchun Rossiyaga qarshi yangi va kuchliroq sanksiyalar joriy etish yo‘lida faolroq bo‘lish zarur. Bundan tashqari, Ukrainaning Yevropa integratsiyasi uchun yangi qadamlar kerak.

“Bu Ukraina mudofaasi uchun ham, Yevropa tizimini himoya qilish uchun ham muhim. Bu Yevropani doimiy ravishda kuchaytirib borishning obyektiv ehtiyojini qondiradi, chunki faqatgina muntazam kuchaytirish muntazam barqarorlikni kafolatlaydi”, — dedi Zelenskiy.

Avvalroq Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi Rossiya Ukrainaga qarshi urushni davom ettirish uchun hali ham iqtisodiy va harbiy resurslarga ega ekanini ma’lum qilgandi.

“Ular 2023-yil davomida urush olib borishi, bu uzog‘i 2024-yilda ham davom etishi mumkin. Agar gap odatiy urush haqida ketayotgan bo‘lsa. Qachon sanksiyalar kuchaytirilsa, o‘shanda urushning kechishi qisqaradi”, — dedi boshqarma rahbari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »