Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nogironligi bo‘lgan fuqarolar auksion orqali yer uchastka sotib olmoqchi bo‘lsa, ular sotib olayotgan yer uchastka pulining 30 million so‘mgacha bo‘lgan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu haqda “Daryo”ga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, nogironligi bo‘lgan shaxs va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan.

“Nizomda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha (30 million so‘mgacha) miqdorda bir martalik to‘lov ajratilishi belgilangan. Bunda xarajatlar ushbu miqdordan yuqori bo‘lgan hollarda 30 million so‘mgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi”, — deydi vazirlik masʼuli.

Qo‘shimcha qilinishicha, imtiyozli toifadagi shaxslarda oxirgi 12 oy davomida o‘zi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun mo‘ljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud bo‘lmasligi kerak.

“Shuningdek, yer uchastkasi oxirgi uch oy ichida auksion orqali xarid qilingan va O‘zbekiston hududida bo‘lishi, nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan, shuningdek, ‘Temir daftar’, ‘Ayollar daftari’, ‘Yoshlar daftari’ning birida turgan bo‘lishi, imtiyozli toifadagi shaxs auksion orqali yer uchastkasi sotib olgandan boshlab 3 oy ichida o‘z hududidagi tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga murojaat qilishi lozim. Ushbu muddatdan kechikib berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi”, — deydi vazirlik vakili.

Mablag‘ ajratish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilingandan so‘ng 5 ish kunida imtiyozli toifadagi shaxslarning arizasida ko‘rsatilgan bank plastik hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazilishi taʼminlanadi.

Izoh

Sardor

26.03.2023, 15:23

Ассалам алейкум мен хозирги кунда Россия Федерация да ишлаяпман ногирони бор оилаларга ерга пул ажратиларкан деб ещитди шунга кандай олсак бУлади

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »