Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 2-maktab direktori va o‘qituvchisi o‘rtasida janjal yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur maktab direktori voqea sabablarini aytib, jabrlanuvchining o‘g‘illari tomonidan kaltaklanganini maʼlum qildi

Direktorning so‘zlariga ko‘ra, psixolog bilan xonaga kirganida bir qancha o‘g‘il bolalar suhbatlashib turganini ko‘rgan. Bolalar kechki payt tadbir o‘tkazilishi sababli hozir tayyorgarlik ishlari ketayotganini bildirgan. U nega dars bo‘lmayotganini, nega norasmiy tadbir o‘tkazilayotganini so‘raganida o‘qituvchi uni tashqariga tortib olib chiqqan. 

“Ichkari xonada o‘g‘il bolalar hammasi to‘planib olgan, dars esa bo‘lmayotgan edi. Men sababini so‘raganimda kechki payt qolib, tadbir o‘tkazish maqsadida maslahatlashib turishganini aytishdi. Men o‘qituvchiga dars o‘tish kerakligini aytib, tanbeh berdim. Sinf rahbarini chaqirtirdim, nega dars bo‘lmayotganini, nega norasmiy tadbir o‘tkazilayotganini so‘radim. Domla shu payt nega menga baqirasan, tashqariga yur, deb qo‘limdan tortib tashqariga olib chiqdi. Qo‘limni qo‘yvoring, deganimda boshim tegib ketdi, bo‘ylari mendan balandroq. Unday qilmasligim kerak edi, deb turibman. Hozir jamoatchilikdan ham, hammadan uzr so‘rayman”, — deydi u.

Shuningdek, jabrlanuvchi o‘qituvchi ham voqea qanday bo‘lganini aytib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, direktor xonaga kirib unga baqirgan. 

“Bir bolani qidirib kelgan ekan. Qandaydir baqirdi, keyin tashqariga chiq, tashqarida meni urasanmi, nima qilsang qil, lekin bolalarning oldida bunday baqirma, dedim. Psixolog ham o‘sha yerda edi. Tashqariga chiqishimiz bilan yoqamdan ushlab, kallasi bilan urdi”, — deydi jabrlanuvchi.

Maktab jamoatchiligi vakillari ushbu o‘qituvchi va direktor munosabati shu kunga qadar yaxshi bo‘lganini taʼkidlagan. Shuningdek, ular direktor jabrlanuvchining yaqin qarindoshidan ham kaltak yeganini aytib o‘tgan. Direktor aslida bu haqda oshkor qilishni xohlamaganini, jabrlanuvchining oila aʼzolaridan o‘sha kunning o‘zidayoq uzr so‘raganini taʼkidlagan. 

“Bu to‘g‘risida aslida aytmoqchi emasdim. O‘sha kunning o‘zida o‘g‘illari meni chaqirdi. Aytilgan joyga borganimda 4-5 ta mashinada sheriklari bilan kelishdi. 40-50 kishi bo‘lib kaltaklashdi. Ularga vaziyatni tushuntirdim, ayb o‘zimda ekanini aytdim. O‘sha kunning o‘zidayoq uyiga borib, uzr so‘rab kelganman”, — dedi maktab direktori.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »