Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus hududiga taktik yadro qurollari joylashtirilishni ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Deutsche Welle

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Minsk bu bo‘yicha kelishuvga erishgan. Rossiya allaqachon Belarusga samolyotlarni qayta jihozlashda yordam bergan. Bundan tashqari, “Iskander” raketa majmuasi Minskka topshirilgan. Puti qurollar tegishli xalqaro majburiyatlarni buzmagan holda joylashtirilishini ta’kidlamoqda.

“3-apreldan ekipajlarni tayyorlashni boshlaymiz. 1-iyulda esa Belarus hududida taktik yadroviy qurollar saqlanadigan maxsus ombor qurilishini yakunlaymiz”, — dedi u. 

Rossiya prezidenti bunday qadamga Buyuk Britaniyaning Ukrainaga boyitilgan uranga ega o‘q-dorilar yetkazib berish to‘g‘risidagi bayonoti sabab bo‘lganini aytdi. U Belarus uzoq vaqtdan beri Rossiya yadro qurolini o‘z hududida joylashtirishni so‘raganini va Moskva AQSH o‘nlab yillar davomida qilgan ishni qilayotganini bildirdi. 

“AQSHning ma’lum mamlakatlarda ittifoqchilari bor, ularning yadro quroli tashuvchilari, ekipajlari o‘qitiladi. Biz ham xuddi shunday qilamiz”, — dedi Putin.

U G‘arb Kiyevga bermoqchi bo‘lgan uranga boyitilgan o‘q-dorilari ommaviy qirg‘in qurollariga tegishli emasligi, lekin ular radioaktiv chang hosil qilishi va shu sababli o‘ta xavfli sanalishini aytdi. Putin ulardan foydalanish ekin maydonlari ifloslantirishi, bu esa mahalliy aholi uchun ham, atrof-muhit uchun ham xavf tug‘dirishini ta’kidladi.

AQSH va Ukraina Rossiya Belarusda taktik yadro qurolini joylashtirilishiga qanday munosabat bildirdi?

AQSH Rossiya hukumatining e’lonidan keyin Amerika yadroviy kuchlarining tayyorgarligini o‘zgartirish uchun hech qanday sabab ko‘rmayotganini qayd etdi.

“Biz Rossiyaning Belarusda yadro quroli joylashtirishi haqidagi xabarlarni ko‘rdik. Yadroviy kuchlarimizning tayyorgarligini o‘zgartirish uchun hech qanday sabab yoki Rossiya yadro qurolidan foydalanishga tayyorlanayotgani alomatlarini ko‘rmadik”, — dedi Pentagon.

Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyakning aytishicha, Yevropa Belarusda taktik yadro qurolini joylashtirish qaroriga javoban Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishi kerak. Xususan, u “Rosatom”ga nisbatan cheklovlar joriy etishga chaqirdi.

Germaniya tashqi ishlar vazirligi esa Rossiyaning Belarusda yadro qurolini joylashtirish rejalari haqidagi bayonotini “yadroviy qo‘rqitishning navbatdagi urinishi” deb atadi.  Shuningdek, TIV Putinning NATO mamlakatlarida yadro qurolini joylashtirishga oid misoli “chalkashtiruvchi va bunga asos bo‘la olmasligini” qayd etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »