Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kortejiga Pantsir zenit-raketa majmuasi (havo hujumidan mudofaa vositasi sifatida foydalaniladi) hamrohlik qiladi. Bu haqda rossiyalik siyosatshunos Stanislav Belkovskiyga tayanib, UNIAN xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Moskvada havo hujumidan mudofaa tizimi Rossiya prezidenti o‘tirgan avtomobilni dronlarning ehtimoliy hujumidan himoya qiladi.

“Rossiya prezidenti allaqachon Pantsir havo mudofaa tizimi hamrohlik qilgan kortejda harakatlanadi. Mazkur tizim kortejga ehtimoliy dron hujumining oldini oladi”, — deydi Belkovskiy.

Uning ta’kidlashicha, Putin korteji ikkita Aurus avtomobilidan (Rossiya prezidenti safari uchun maxsus ishlab chiqilgan mashina) iborat.

“Putin qaysi mashinada harakatlanayotgani noma’lum bo‘lishi uchun ikkita Aurus’da yuradi. Lekin bu davlatlar rahbarlari uchun odatiy amaliyot. U hozirda ’ikkita tank’, shahar bo‘ylab Pantsir nazoratidagi kortejda harakatlanadi”, — deydi u.

Ma’lumot o‘rnida, 2022-yil Turkmaniston prezidenti uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan Aurus Senat Limousine zirhli mashinasi sotib olingandi

Foto: Xronika Turkmenistana

Serdar Berdimuhamedov 2022-yil 10-iyun kuni Rossiyaga tashrifi chog‘ida aynan shu mashinada harakatlangan. Aurus dunyodagi eng yuqori ballistik himoyaga ega va eng xavfsiz avtomobil hisoblanadi.

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev 2019-yil avgust oyida Turkmanboshi shahriga tashrifi chog‘ida o‘sha paytdagi prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga Rossiyaning Aurus avtomobilini sotgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »