Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent metropolitenida “Zo‘ravonlik — madaniyatimizga begona” nomli targ‘ibot bannerlari paydo bo‘ldi.

Nolalar.com

Bannerlar Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan ilgari surilgan Nolalar loyihasi tomonidan o‘rnatilgan. Unda ayol-qizlarning zo‘ravonlik, ularga nisbatan kuch ishlatish vaqtidagi nolalari tushirilgan. Shuningdek, ovoz to‘lqinlari ekvalayzerini anglatuvchi grafik tasvirlar va adras bezaklari uyg‘unlashtirilgan.

Foto: Nolalar.com
Nolalar.com
Foto: Nolalar.com

Loyiha saytida aytilishicha, bundan asosiy maqsad so‘nggi yillarda o‘zbekistonlik ayollarning zo‘ravonlik qurboni bo‘layotgani haqida media manbalarda tez-tez uchrayotgan yangiliklar fonida unga jamoat joylarida ham e’tiborni kuchaytirish, mavzuni yanada dolzarblashtirish bilan birgalikda salbiy vaziyatlarning sonini ham keskin kamaytirishdir.

Unda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda oiladagi zo‘ravonlik keng tarqalgan bo‘lsa-da, bu haqda kam gapiriladi. Ko‘p holatlarda oilada zo‘ravonlikka uchraganlar turli sabablar bilan bu haqda sukut saqlashga majbur bo‘ladi. Bunday paytlarda ularning nolasiga quloq tutadiganlar juda kam topiladi. Shu sababli ula murojaat qilishi va ko‘mak berilishi uchun ushbu sayt ishga tushirildi.

“Nolalar.com — butun O‘zbekiston jamoatchiligining e’tiborini ayollarga nisbatan zo‘ravonlikdan ogoh bo‘lish, uning oldini olish va asoratlarini yengillashtirish uchun yaratilgan loyihadir”, — deyiladi loyiha saytida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »