Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin imkoni boricha Ukrainaga qarshi urushni davom ettiradi, ammo G‘arb davlatlaridan Kiyevga faol harbiy yordam ko‘rsatilishi uning jang qilish istagini susaytirishi mumkin. Bu haqda AQSHning sobiq diplomati Metyu Brayza Espresso nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Kreml matbuot xizmati

“Putin imkoni boricha Ukrainaga qarshi urush olib boradi va signallar uning urush olib borish istagi kamayib borayotganidan dalolat beradi. U urushga 300 000 kishini safarbar qildi, sentyabr oyidan boshlab ularni frontga jo‘natdi va ular jang maydonida sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmadi. Ha, ular Baxmutni butunlay yo‘q qildi, ammo bu strategik yutuq emas. Ukraina Rossiyaning barchi harbiy kuchlarini chiqarib yuborishda hayratlanarli darajada muvaffaqiyat qozondi va bu davom etadi”, — deydi Brayza.

Sobiq amerikalik diplomat “Rossiya hech qachon Ukraina harbiylarini mag‘lub eta olmasligiga” ishonch bildirdi. U mamlakatning iqtisodiy qudrati va o‘q-dorilarni ishlab chiqarish qobiliyati pasayib borayotganini ta’kidladi. Brayza Putinning jangni davom ettirish irodasiga putur yetkazish uchun vaqt kerakligi, biroq Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashi bunga ta’sir qilishi mumkinligini aytdi.

“Menimcha, Putin Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun 2 million artilleriya snaryad sotib olishi mumkin bo‘lganida, ular jang maydonida qo‘llanilganida va AQSH Ukrainaga ko‘proq texnika o‘tkazsa, Putin haraktlanishdan to‘xtaydi. Oxir-oqibat, Polsha o‘zining eski MiG-29 ini topshirish bo‘yicha dadil qadam tashlaganidan keyin urushda ko‘proq qiruvchilarni ko‘ramiz, ular safiga Amerikaning F-16 larini ham ko‘rishni umid qilaman.

Ammo qiruvchi samolyotlar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Ukraina arsenaliga tobora kuchliroq G‘arb qurollari kirib bormoqda. Putinning jangni davom ettirish istagini yo‘q qilish uchun vaqt kerak bo‘ladi, ammo agar AQSH va uning ittifoqchilari shu tarzda davom etsa, Ukrainani tobora kuchliroq qurollar bilan ta’minlasa, oxir oqibat Putin bu urushni davom ettira olmaydi. Qachondir uning ham inson resurslari tugaydi. Kutishimiz kerak, bunday vaqt albatta keladi”, — deydi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »