Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yilning fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xabar berdi

Agentlik davlat xaridlari sohasida fevral oyida o‘tkazilgan tahlil natijalarini eʼlon qildi. Unga ko‘ra, vazirlik va idoralar tomonidan mazkur oyda jami 4,35 trillion so‘mlik 77 411 ta davlat xaridi amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 234,2 milliard so‘mlik 39 006 ta xarid elektron do‘kon, 25,5 milliard so‘mlik 1895 ta xarid elektron auksion, 203 milliard so‘mlik 2103 ta xarid eng yaxshi taklifni tanlash, 107,5 milliard so‘mlik 521 ta xarid tender, 1,5 trillion so‘mlik 9989 ta xarid yagona yetkazib beruvchilar bilan, 2,28 trillion so‘mlik 23 897 ta xarid to‘g‘ridan to‘g‘ri shaklda amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, o‘rganishlarda ayrim davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlanmoqda. Jumladan, agentlik tomonidan fevralda jami 25 milliard so‘mlik qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish hamda kelgusida shu kabi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik haqida buyurtmachilarga 26 ta taqdimnoma, aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Keltirilishicha, Uzbekistan Airports AJ buyurtmachiligida 2023-yil 7-fevral kuni 4,3 mlrd so‘mga jihozlar xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridi o‘rganilganda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 34-moddasi talabiga zid ravishda davlat xaridlari jarayonida ishtirokchilarga raqobatni cheklovchi shartlar kiritilgani aniqlangan. 

Shu kabi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali buyurtmachiligidagi 10-fevral kuni 2,6 milliard so‘mga “Temir-beton ustun” xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridi o‘rganilganda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 10, 14, 46-moddalari talablari buzilgani maʼlum bo‘ldi.

Shuningdek, Toshkent viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyurtmachiligidagi 10-fevral kuni 796 million so‘mga tibbiy asbob uskunalar sotib olish bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridida affillanganlik holatlariga baho berilmaganligi aniqlandi.

Mazkur holatlarda xarid komissiyasi tomonidan o‘zaro affillangan ishtirokchilar xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatilmasdan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasi talablari buzilgan.

Agentlik tomonidan kiritilgan taqdimnoma va so‘rovnomalar natijasida 12 ta davlat xaridi bekor qilingan hamda 7 ta maʼmuriy ish qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »