Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Armanistonning Xalqaro jinoiy sudning Rim statutiga qo‘shilish rejalarini mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligidagi manbalarga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: “RBK”

“Rossiya Armanistonning Xalqaro jinoiy sudning (XJS) Rim statutiga qo‘shilish rejasini XJSning yaqinda Rossiya prezidentiga qarshi noqonuniy va asossiz ‘order’lari fonida mutlaqo nomaqbul deb hisoblaydi”, — deyiladi munosabatda.

Rossiya Armanistonni Rim statutiga qo‘shilgan taqdirda ikki tomonlama munosabatlarda “o‘ta salbiy” oqibatlarga duch kelishidan ogohlantirilgan.

17-mart kuni Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainadagi harbiy jinoyatlarda ayblanib, hibsga olishga order berdi. Agar Yerevan Rim statutini ratifikatsiya qilsa, u holda mamlakat rasmiylari Putin Armanistonga tashrif buyurgan taqdirda uni hibsga olishga majbur bo‘ladi.

24-mart kuni Armaniston Konstitutsiyaviy sudi Rim statuti mamlakat asosiy qonuniga zid emasligi haqidagi qarorini e’lon qildi. Endilikda Armaniston hukumati Rim statutini ratifikatsiya qilish uchun parlamentga taqdim etishi mumkin.

Armaniston Ozarbayjonni Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha ikki tomonlama mojaro paytida sodir etilgan “jinoyatlar” uchun javobgarlikka tortish maqsadida 2022-yil oxirida Rim statutini tan olish uchun Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilgan. Statut 1998-yilda imzolangan, ammo Armaniston hozirgacha uni ratifikatsiya qilmagan, chunki 2004-yilda Konstitutsiyaviy sud shartnoma majburiyatlarini o‘sha paytda amalda bo‘lgan mamlakat konstitutsiyasining bir qator qoidalariga zid deb tan olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »