Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand shahrida bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng, 27-mart kuni topildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi

Foto: Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati

Xabarga ko‘ra, 2022-yil 25-fevral kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Chaqar” mahallasida yashovchi, voyaga yetmagan, 2005-yilda tug‘ilgan B.T. yashash uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgani bo‘yicha yaqin qarindoshlari ariza bilan murojaat qilgan edi. Holat yuzasidan IIO xodimlari tomonidan qidiruv tadbirlari olib borilgan.

2023-yil 27-mart kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 2-son IIB profilaktika katta inspektori mayor A.Bobonazarov o‘zining xizmat hududi bo‘lgan Samarqand shahar Yangiqo‘rgon mahallasida profilaktik tadbirlarni o‘tkazayotgan vaqtida ushbu voyaga yetmagan bola mahalla hududida yurgani aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilib, Ishtixon tumani IIB xodimlariga topshirildi.

Hozirda bolaning uyidan chiqib ketish sabablari o‘rganilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »