Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya yaqin yillarda Ukrainaga harbiy yordamni oshirishni rejalashtirmoqda. Der Spiegel nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya Moliya vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari Florian Tonkar o‘z maktubida Bundestagning budjet qo‘mitasidan ushbu maqsadlar uchun ko‘proq mablag‘ ajratishni so‘ragan. Yordamning umumiy miqdori 15 milliard yevrodan oshishi mumkin.

Foto: Global Look Press

“Ukraina armiyasining katta moddiy yo‘qotishlari yangi materiallar yetkazib berishni talab etmoqda”, — deyiladi Tonkarning maktubida. Der Spiegel nashrining yozishicha, Bundestagning budjet qo‘mitasi Ukrainaga harbiy yordamni kengaytirishdan bosh tortmaydi.

Ayni paytda Germaniya Ukrainaga qurol yetkazib berish va Bundesver omborlaridan Kiyevga o‘tkazilgan qurollar o‘rnini to‘ldirish uchun 2,2 milliard yevro ajratgan. Bu yil ushbu miqdor 5,4 milliard yevroga oshirilishi mumkin. Yaqin yillarda Ukraina oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun yana 8,8 milliard yevro ajratish rejalashtirilgan, Mudofaa vazirligi shuncha summaga shartnomalar tuzishi mumkin. Hozirda bu maqsadlar uchun 1 milliard yevro ajratilgan.

Germaniya 27-mart kuni Ukrainaga 18 ta Leopard 2A6 tanki yetkazilganini e’lon qildi. Der Spiegel nashrining yozishicha, ular bilan birga mamlakatga 40 ga yaqin Marder piyoda askarlar jangovar mashinalari kelgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »