Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya kamikadze dronlari evaziga Eron bilan o‘zining elektron razvedka sohasidagi ishlanmalarini o‘rtoqlashgan. Bu haqda The Wall Street Journal manbalari xabar bermoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy
Foto: Zuma Press

Nashrning Amerika va Eron rasmiylari orasidagi suhbatdoshlari aytishicha, Rossiya va Eronning kibertexnologiyalar sohasidagi hamkorligi Tehron Moskvaga dronlardan tashqari qisqa masofaga uchuvchi raketalar, shuningdek, tank va artilleriya snaryadlari yetkazib berishga kelishib olganidan keyin faollashgan. Buning evaziga Eron nafaqat kiberqurollar, balki Rossiya vertolyotlari, qiruvchi samolyotlari va uzoq masofali raketalarini ham olishi kutilmoqda.

Ikki yil avval Rossiya va Tehron kibersohada hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzgan edi, biroq Moskva o‘zining elektron texnologiyalarini Tehronga berishga ancha vaqt qarshilik qilgan, chunki ular darknetda sotuvga qo‘yiladi. Ammo Ukrainaga keng miqyosli bosqin boshlanganidan so‘ng, Rossiya Eronga aloqalarni kuzatish, eshitish va fotografik qurilmalar sohasida o‘zining ishlanmalarini taqdim etdi. WSJ manbalariga ko‘ra, Moskva allaqachon Tehronga muxolifatchilar va dissidentlarning mobil telefonlari va kompyuterlarini buzishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotni ulashgan. Rossiya rasmiylari Eron bilan harbiy aloqalarni rivojlantirishning afzalliklari uning kamchiliklaridan ustun turadi, degan xulosaga kelgan.

Gazetaning Toronto universiteti Citizen Lab tadqiqot markazi hujjatlariga tayanib yozishicha, Rossiyaning Protei Ltd kompaniyasi Eronning Ariantel uyali aloqa operatoriga internet-senzura dasturlarini yetkazib berishni boshlagan.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Protei Ltd hukumatlarga telefon aloqalari, elektron pochta va kredit karta tranzaksiyalarini kuzatishda yordam berish uchun mo‘ljallangan apparat va dasturiy ta’minotni ishlab chiqadi. Kompaniya Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnomalarga ega.

Rossiya urushda Eron qurollaridan foydalanmoqda

Rossiya Ukrainadagi urushda Eron qurollaridan faol foydalanmoqda. 2022-yil kuzidan boshlab Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi harbiy va energetika obyektlariga hujum qilish uchun Eronda ishlab chiqarilgan Shahed-131/136 kamikadze-dronlaridan foydalanmoqda, rus harbiylari ularning nomini “Geran-1” va “Geran-2” deb o‘zgartiradi.

2023-yilning fevralida The Guardian gazetasi Eron Rossiyaga qayta foydalanish mumkin bo‘lgan uzoq masofali hujumchi dronlar partiyasini topshirganini yozgandi. G‘arb ommaviy axborot vositalari Rossiya va Eron rasmiylari Rossiya hududida dronlarni ishlab chiqaruvchi zavod qurish imkoniyati bo‘yicha kelishib olgani haqida bir necha bor yozgan.

Shuningdek, Eron Rossiyaga uchish masofasi mos ravishda 300 va 700 kilometrni tashkil etuvchi “Fateh-110” va “Zulfiqor” ballistik raketalarini yetkazib bermoqchiligi xabar qilingan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »