Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limi tomonidan 17—28-mart kunlari svetofor uchun boshqaruv ta’minoti xarid qilish bo‘yicha tender o‘tkazildi. “Daryo” muxbiri hujjatlarni monitoring qilish davomida shubhali holatni aniqladi.

Lot ma’lumotlariga ko‘ra, tenderning boshlang‘ich narxi — 270 million so‘m. G‘olib tadbirkor YHXBga svetofor chiroqlari o‘chib-yonishini muvofiqlashtirib turuvchi 30 ta moslama (UК5МP4 kontrolleri) yetkazib berishi nazarda tutilgan.

Skrin: “etender.uzex.uz”

Tenderda ikkita tadbirkorlik subyekti ishtirok etdi. Bular:

  • Svetokont MCHJ;
  • “Manzara-Elektronika” MCHJ.
Skrin: Xarid komissiyasi bayonnomasi

Xarid komissiyasi a’zolarining umumiy baholariga ko‘ra, tenderni 92 ga 84 hisobi bilan “Manzara-Elektronika” korxonasi yutib oldi. Svetokont esa zaxira yetkazib beruvchi etib belgilandi.

Tender ishtirokchilarining rahbariyati bilan tanishish jarayonida shubhali holatga duch keldik. 

Skrin: Statistika agentligi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, “M.-E.” MCHJning uch nafar ta’sischisi bor. Ular orasida korxonaga rahbarlik qiluvchi Vetoshkin Anatoliy Petrovich ham mavjud.

Skrin: Statistika agentligi

Qizig‘i shundaki, aynan shu inson tenderda “M.-E.“ga raqobat taklif etishi kutilgan Svetokont MCHJning ham yagona ta’sischisi va rahbari hisoblanadi.

Ammo “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 68-moddasiga ko‘ra, tender ishtirokchisi faqat bitta taklif berishga haqli.

Mas’ullardan ushbu shubhali tender natijalariga e’tibor qaratishni so‘raymiz. 

Abduqahhor Qosimov
Muxbir:

Abduqahhor Qosimov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »