Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentda olti yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka nisbatan sud hukmi o‘qilib, u 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar berilgan edi. Oliy sud matbuot kotibining “Daryo”ga xabar berishicha, unga nisbatan jazo kuchaytirildi.

Voqea 2022-yilning yozida yuz bergan edi. Oktabr oyida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi va 129-moddasi (16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismi bilan R.SH.ga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi kelib tushgan.

Sud muhokamasi 17-oktabrdagi tayinlash ajrimi bilan 26-oktabr kuniga yopiq sud majlisida ko‘rish uchun tayinlanib, yopiq sud majlisida ishni ko‘rish boshlangan. Sud hukmi 22-dekabr kuni eʼlon qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudi 47 yoshli R.SH.ni Jinoyat kodeksining 25, (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) 119-moddalari bilan jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topgan va 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilgan.

Maʼlum bo‘lishicha, 2023-yil 16-fevral kuni Toshkent shahar sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatining apellyatsiya instansiyasi Toshkent shahri Yunusobod tumani prokurorining ko‘rsatilgan murojaati asosida ushbu ishni ko‘rib chiqqan. Ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, R.Sh.ga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 2022-yil 22-dekabrdagi hukmi bekor qilindi. R.SH. Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Birinchi instansiya hukmida jinoyat sodir etishga suiqasd (yaʼni tugallangan jinoyat emas, balki uni sodir etishga suiqasd) nazarda tutilgan 25-modda orqali ayblov ilgari surilgan. Biroq prokurorning shikoyatidan so‘ng, keltirilgan vajlarga muvofiq, apellyatsiya sudi bu suiqasd emas, balki tugallangan jinoyat, deb topib, qonunda belgilangan tartibda jazoni kuchaytirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »