Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Daryo” internet-nashrida 10-mart kuni Suv ta’minoti unitar korxonasi o‘tkazgan 85 ta tenderda Qurilish vazirligiga tegishli 2 ta korxona qatnashgani, shu sababli raqobat yuzaga kelmagani haqida material e’lon qilingandi. Qurilish vazirligi holatga munosabat bildirdi.

Hammasi nimadan boshlangandi?

Suv ta’minoti unitar korxonasi jami boshlang‘ich qiymati 127 million 500 ming so‘m bo‘lgan 85 ta tender o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida 2 ta tadbirkorlik subyekti ishtirok etgan. Bular: 

  • Toshkent viloyati Qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazi;
  • Sirdaryo viloyati Qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazi.

Bu korxonalarning ikkisi ham, hujjatlarga ko‘ra, Qurilish vazirligi tasarrufida. 

“Daryo” holat yuzasidan tegishli organlarga xarid protokoli va lot ma’lumotlarini tekshirish uchun yubordi.

“Tanlov qonunga muvofiq amalga oshirilgan”

Qurilish vazirligi o‘z munosabatida tenderda hech qanday qonunbuzilish holati kuzatilmaganini ma’lum qildi.

“Suv taʼminoti korxonasi faqatgina tender savdolarini tashkil etish bo‘yicha konsalting xizmatlari yuzasidan tanlov o‘tkazgan. Ushbu tanlovlarda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida tanlov savdolarini tashkil etish bo‘yicha konsalting markazlari ishtirok etgan. Ushbu tanlov savdolari Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunga muvofiq amalga oshirilgan”, — deyiladi xabarda.

“Raqobat muhiti buzilgan bo‘lishi mumkin”

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining o‘rganish natijalariga ko‘ra, tender shartnomasida haqiqatan ham hech qanday korrupsion holat mavjud emas. Ammo agentlik matbuot xizmati tenderda raqobat muhiti buzilgan bo‘lishi mumkinligini bildirib, ma’lumotlarni Antimonopoliya qo‘mitasiga yuborishni tavsiya qildi.

“Rasmiy xat yuboring”

Shundan so‘ng “Daryo” Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi matbuot xizmatiga shubhali tenderlarni tekshirish bo‘yicha bir necha bor so‘rov yubordi. Agentlik matbuot xizmati rahbari Olimjon Hasanov esa holatni o‘rganish uchun muassasaga xat chiqarish kerakligini aytdi.

Lekin axborot xizmatlarining faoliyati aynan mana shu turdagi qog‘ozbozliklardan ayro holda, voqealarga tezkor va xolis javob berishni ta’minlash uchun tashkil etilgan bo‘lib, tashkilotlar va jamoatchilik o‘rtasidagi byurokratik baryerlarni yo‘qqa chiqarishi kerak. Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga ko‘ra, murojaatlar turi va shaklidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega hisoblanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi so‘z va matbuot erkinligi borasida fikr bildirib, “Demokratik jamiyatda barcha davlat xizmatchilari ommaviy axborot vositalari bilan yaqin ijtimoiy hamkorlik qilishga o‘rganishi kerak. Agarda o‘rganmasak, ertangi islohotlar amalga oshmaydi”, — deb bot-bot aytib keladi. Afsuski, ayrim davlat tashkilotlari o‘z mas’uliyati doirasidagi vazifalarni bajarmay, hali ham byurokratiya va qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘yayotgani achinarli hol.

Shubhali tenderlar davom etmoqda

Suv ta’minoti unitar korxonasi tomonidan 24-mart kuni 58 ta tender o‘tkazilgan. Lotlarning umumiy qiymati 87 million so‘m.

Skrin: “etender.uzex.uz”

Ajablanarlisi, tenderlarda yuqorida nomi zikr etilgan Qurilish vazirligining ikki korxonasi qatnashgan, natija esa o‘sha-o‘sha.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »