Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Budapesht shahrida 27-mart kuni O‘zbekiston elchixonasi ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov, Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto, iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, shuningdek, keng jamoatchilik, siyosiy, ishbilarmon doiralar vakillari, mahalliy OAV xodimlari ishtirok etgan. 

Saidov o‘z nutqida O‘zbekiston ochiq, pragmatik, tinchliksevar tashqi siyosat yuritayotgani, barcha davlatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalar rivojlanib borayotgani, xususan, Vengriya bilan hamkorlikni kengaytirish mamlakat tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini taʼkidlagan.

O‘z navbatida, Peter Siyyarto O‘zbekiston elchixonasining ochilishi ikki tinchliksevar mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarda kuzatilayotgan ijobiy o‘sish surʼatining yorqin tasdig‘i ekanini, elchixona faoliyati o‘zaro hurmatga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni har jihatdan boyitishga xizmat qilishini qayd etgan.

“O‘zbekiston—Vengriya munosabatlari xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shuningdek, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi faol hamkorlik natijasida yanada kengaymoqda. Shu o‘rinda BMT va YXHT bilan bir qatorda Turkiy davlatlar tashkilotini ham alohida taʼkidlab o‘tish o‘rinli”, — deyiladi xabarda.

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

Elchixona binosi Budapesht shahrining markaziy hududida joylashgan bo‘lib, u ko‘hna va zamonaviy arxitektura talablarini mujassam etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »