Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi uy bog‘chada 2 yoshli bola ayovsiz kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Unda bola yig‘layverib yuzlari shishib ketgani hamda yuzlari ko‘karib ketganini ko‘rish mumkin.

Andijon viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi axborot xizmati xodimi Abdunosir Vohidovning “Daryo”ga maʼlum qilishicha, mazkur holatni boshqarma tomonidan tuzilgan ishchi guruh o‘rganib, tegishli amaliy choralarni ko‘rgan.

Aniqlanishicha, ushbu holat Andijon shahar, “O‘zbekiston” mahallasi, O‘zbekiston tor ko‘chasida yashovchi fuqaro M.N. tomonidan noqonuniy tashkil qilingan xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotida yuz bergan.

O‘rganish jarayonida Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan fuqaro M.N. o‘rtasida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilish bo‘yicha ikki tomonlama bitim tuzilmagani va viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasining ro‘yxatida mavjud emasligi maʼlum bo‘ldi. Shu sababli qo‘shtirnoq ichidagi xususiy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatiga chek qo‘yildi.

Andijon shahar maktabgacha taʼlim bo‘limi tomonidan ushbu hodisa bo‘yicha tegishli tashkilotlarga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun maʼlumotlar taqdim qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »