Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron va Rossiyaning mudofaa sohasidagi hamkorligi hech bir tomon manfaatlariga zid emas. Bu haqda Eron Islom respublikasi tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan ISNA agentligiga ma’lum qildi, deb yozmoqda Anadolu.

Foto: Anadolu

Eronlik diplomat dronlar evaziga Rossiyadan kuzatuv va kiberxavfsizlik uskunalarini sotib olayotgani haqidagi xabarlarga shunday izoh berdi.

“Albatta, mudofaa sohasidagi hamkorlik Tehron va Moskvaning umumiy kun tartibidagi masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Hamkorligimiz hech bir mamlakat manfaatlariga zid emas”, — deya ishontirdi Abdullaxon.

Eron tashqi ishlar vaziri 29-mart kuni Moskvaga tashrif buyuradi. U rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilishini, yadroviy kelishuv atrofidagi muzokaralar yuzasidan fikr almashishini aytdi.

Rossiya dronlar evaziga Eronga kiber qurollarini berdi

The Wall Street Journal manbalari Rossiya kamikadze dronlari evaziga Eron bilan o‘zining kiberqurollarini o‘rtoqlashgani haqida xabar bergandi

Ikki yil avval Rossiya va Tehron kibersohada hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzgan edi, biroq Moskva o‘zining elektron texnologiyalarini Tehronga berishga ancha vaqt qarshilik qilgan, chunki ular darknetda sotuvga qo‘yiladi. Ammo Ukrainaga keng miqyosli bosqin boshlanganidan so‘ng, Rossiya Eronga aloqalarni kuzatish, eshitish va fotografik qurilmalar sohasida o‘zining ishlanmalarini taqdim etdi. WSJ manbalariga ko‘ra, Moskva allaqachon Tehronga muxolifatchilar va dissidentlarning mobil telefonlari va kompyuterlarini buzishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotni ulashgan. Rossiya rasmiylari Eron bilan harbiy aloqalarni rivojlantirishning afzalliklari uning kamchiliklaridan ustun turadi, degan xulosaga kelgan.

Rossiya Ukrainadagi urushda Eron qurollaridan, xususan, Shahed-131/136 kamikadze-dronlaridan faol foydalanmoqda. Avvalroq The Guardian gazetasi Eron Rossiyaga qayta foydalanish mumkin bo‘lgan uzoq masofali hujumchi dronlar partiyasini topshirganini yozgandi. G‘arb OAVlari Rossiya va Eron rasmiylari Rossiya hududida dronlarni ishlab chiqaruvchi zavod qurish imkoniyati bo‘yicha kelishib olgani haqida bir necha bor yozgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »