Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vazirlar Mahkamasining 25-martdagi qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:

  • transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanish;
  • narkotester maxsus moslamasi yordamida transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi aniqlangan hollarda yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar algoritmi.

Transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligini aniqlash qoidabuzarlik yuz bergan joyning o‘zida amalga oshirilishi mumkin.

Haydovchi narkotester yordamida tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortgan yoxud unda tekshiruv natijalariga e’tiroz mavjud bo‘lgan hollarda, shuningdek, narkotester yordamida tekshirilganda uning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligi aniqlangan taqdirda, YPX xodimi transport vositasi haydovchisini alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar ta’siridan mast holda ekanligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasiga olib boradi.

Hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan, 28-maydan kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil dekabrdan O‘zbekistonda haydovchini suratga olish imkoni bo‘lgan yangi alkotesterlardan foydalanish boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘shanda 150 dona yangi namunadagi alkotester respublika bo‘ylab YPX xodimlariga tarqatilgan edi. YPX xodimi haydovchini alkogol ichimlikdan mast deb gumonlagan vaqtda Alcostop 8000S alkotester moslamasi yordamida haydovchi to‘xtatilgan joyning o‘zida tekshiruvlarni amalga oshiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »