Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Karib dengizida Antigua oroli yaqinida 81 million dollarlik hashamatli Alfa Nero yaxtasi topildi. Bu haqda Insider xabar berdi.

Foto: Getty Images

Mazkur yaxtaning Karib dengizidaligiga 18 oydan oshdi va u mahalliy hokimiyat vakillarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ayrim manbalar yaxtada Vladimir Putin bilan aloqador rossiyalik oligarx sayohat qilgan bo‘lishi mumkinligini da’vo qilmoqda. Ayni damda Antigua va Barbuda hukumati agar 31-martgacha hech kim yaxtaga egalik huquqini da’vo qilmasa, u sotilishini aytdi. 

Foto: Fraser

“Antigua va Barbuda hukumatiga qiymati 50 million dollardan ortiq bo‘lgan mazkur 267 futlik yaxtani sotib olish bo‘yicha takliflar kelib tushgan”, — deyiladi xabarda.

Alfa Nero deb nomlangan yaxtada sport zali, sartaroshxona va katta basseyn mavjud. AQSH Moliya vazirligi yaxtani rossiyalik oligarx Andrey Gurev bilan bog‘lagan, departament uni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “yaqin hamkori” deb atagan.

Foto: BOAT International

FosAgro o‘g‘it kompaniyasi asoschisi va boyligi 10,1 milliard dollarga teng bo‘lgan Gurevga Ukraina urushi davrida Kreml bilan aloqasi uchun AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi tomonidan sanksiya qo‘yilgan.

Gurevning qonuniy vakili kema oligarxga tegishli emasligini aytdi.

“Antigua hukumatiga ma’lum qilganimizdek, janob Gurev Alfa Neroga egalik qilmaydi va uni nazorat qilmaydi, 2014-yildan beri vaqti-vaqti bilan kemadan tijoriy charter sifatida foydalanilmoqda”, — degan oligarx vakili.

Foto: BOAT International

Rasmiylar yaxta sotuvidan tushgan pulni Antigua yaxta klubi bandargohiga yoqilg‘i uchun bo‘lgan 500 ming dollar qarzini to‘lash uchun ishlatmoqchi. Qolgani Antigua va Barbuda rivojlanishi uchun ishlatilishi kerak.

Ta’kidlanishicha, yaxta ekipajini boqish uchun pul yetishmay qolgan, sababi yaxta Karib dengizidagi mamlakatda 18 oydan ortiq vaqtdan beri bo‘lgan. Yaxta Antigua bandargohi uchun ham xavf tug‘dirishi aytilmoqda.

Foto: BOAT International

Alfa Nero ham sug‘urtalanmagan bo‘lishi mumkin va bu bandargoh uchun muammolarni keltirib chiqaradi.

“Gap o‘sha bandargohdagi milliardlab dollarlik aktivlar haqida ketmoqda. U kema yonib ketsa, nima bo‘lishini tasavvur qilishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda. Alfa Nero bog‘langan Falmut bandargohi hashamatli yaxtalar uchun markazdir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »