Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Ukrainaga 2,6 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini taqdim etadi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi ismini oshkor etmagan amerikalik rasmiylarga tayanib. Yordam haqida 3-aprel, dushanba kuni rasman e’lon qilinadi.

Foto: Reuters

2,1 milliard dollar Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi (USAI) doirasida ajratilmoqda, bu summa qurol va jihozlarni mavjud zaxiralardan emas, balki AQSH mudofaa firmalaridan sotib olishga imkon beradi. Qolgan 500 million dollarlik o‘q-dorilar AQSHning joriy zaxiralaridan Kiyevga yuboriladi.

Boshqa narsalar qatorida, Ukraina tankka qarshi snaryadlar, aniq boshqariladigan aviatsiya o‘q-dorilari, ponton uskunalari, og‘ir texnikaga xizmat ko‘rsatish uchun ta’mirlash va tiklash vositalari, NASAMS Norvegiya havo mudofaasi tizimlari uchun snaryadlarni oladi.

2021-yil yanvar oyidan beri Vashington Ukraina “xavfsizligini ta’minlash”ni qo‘llab-quvvatlash uchun 32,8 milliard dollardan ko‘proq sarmoya kiritdi (ularning 32,2 milliard dollari urush boshlanganidan keyin ajratildi).

 

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »