Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil politsiyasi 31-mart kuni Quddusdagi Al-Aqso masjidi yonida falastinlik yigitni otib o‘ldirdi, deb xabar bermoqda ABC News. Politsiyaning aytishicha, o‘ldirilgan yigit 26 yoshda va Isroil janubidagi arab qishlog‘idan bo‘lgan.

Foto: EPA

Hodisaga guvoh falastinlik dindorlarning aytishicha, Al-Aqso darvozasi yaqinida Isroil kuchlari masjidga kirishga uringan ayolga zo‘ravonlik qilgach, yigit ular bilan janjallashgan. Isroil politsiyasi uni otib tashlagan. Guvohlarning aytishicha, unga kamida 10 marta o‘q uzishgan.

Isroil tomoni esa politsiya yigitni Al-Aqso masjidi oldida so‘roq qilish uchun to‘xtatgani, yigit uning qurolini tortib olishga uringanini aytmoqda. Shundan so‘ng u “zararsizlantirish uchun” otib tashlangan. 

Shu kuni 200 000 dan ortiq falastinliklar juma namozini o‘qish uchun yig‘ilgan edi, marosim Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvlarsiz yakunlangan.

2022-bahoridan beri Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojarolar darajasi yana keskinlashgan. Associated Press agentligiga ko‘ra, 2023-yilda 86 nafar falastinlik Isroil kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan. Xuddi shu davrda Falastin hujumlarida 15 nafar isroillik halok bo‘lgan.

 

Mavzuga doir
Izoh

Abbos Isomiddinov

01.04.2023, 16:37

La'natlangan yahudiylar, olloh jazoyingni bersin.

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »