Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida noqonuniy ravishda yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departament hamda DXXning Oqoltin tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda S.X. ismli shaxs fuqaro O‘.A.ning ishonchiga kirib, “Bahor” MFYdagi boshqa bir fuqaroning 10 sotixli dehqon xo‘jaligi yer maydonining 5 sotixini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib olib berishni va’da qilgani aniqlangan. U “xizmati evaziga” 7,4 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Navoiyda 80 gektar yerni 1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingani, Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »