Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikaning The Washington Post gazetasi va Xalqaro tadqiqotchi jurnalistlar konsorsiumi rossiyalik oligarx Roman Abramovich va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi moliyaviy aloqalarni tasdiqlovchi hujjatlarni topdi

Foto: Getty Images

2005-yilda Isroilga davlat tashrifi chog‘ida Putin rossiyalik sobiq o‘qituvchilaridan biri, keksa yahudiy ayol bilan uchrashgan. Qisqa uchrashuvdan so‘ng Rossiya rahbari unga sovg‘alar topshirgan va 208 ming dollarga unga kvartira sotib olishga rozi bo‘lgan.

“Kvartirani olganimda yig‘lab yubordim. Putin juda minnatdor va munosib inson”, — degan Mina Yuditskaya-Berliner eski intervyuda.

Foto: ynetnews.com

Agar kvartira xaridi uchun pul Putindan kelmagan bo‘lsa, yangi ochilgan moliyaviy ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, mablag‘larning haqiqiy manbai rossiyalik milliarder Roman Abramovich tomonidan yashirin ravishda nazorat qilinadigan ofshor hisobiga amalga oshirilgan.  

The Washington Post nashrining yozishicha, gap 2000-yillar o‘rtalarida tuzilgan sovg‘a shartnomasi haqida ketmoqda. Unga ko‘ra, Abramovich nazoratidagi kompaniya Kiprda Putinning sobiq o‘qituvchisi, Isroil fuqarosi Mina Yuditskaya-Berlinerga 245 ming dollar o‘tkazgan. 

Xuddi shu kuni u Tel-Aviv markazidagi kvartiraning egasi bo‘lgan. Yuditskaya-Berliner 1970-yillarda Isroilga ko‘chib kelgan. 2005-yilda Putin Isroilga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashgan. Ommaviy axborot vositalarida Putin unga kvartira olishga yordam bergani haqida xabar berilgan.

The Washington Post nashrining yozishicha, savdo deyarli 18 yil oldin amalga oshirilgan va rus oligarxlarining milliard dollarlik ofshor buxgalteriya hisoblarida uni ko‘rishning iloji yo‘q. Ammo bu xarid katta ahamiyatga egaligi, chunki Abramovich Putin uchun shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan kelishuv markazida turgani ta’kidlanadi.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov tegishli xarid yuzasidan berilgan savolga javob bermagan. Abramovichning matbuot kotibi sovg‘ani tan olgan, lekin bu Putinning buyrug‘i bilan emas, balki “yahudiy jamiyatidan olingan so‘rov asosida” qilinganini aytgan.

Ma’lumot o‘rnida, Mina Yuditskaya 1960-yillar bo‘lajak Rossiya prezidentiga nemis tilini o‘rgatgan, u 2017-yil 97 yoshida vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »