Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreyaning Yongbyondagi asosiy yadroviy inshootida faollik kuchaygan, bu yengil suvli eksperimental reaktor (ELWR) qurib bitkazilganidan va ishga tushirilganidan dalolat berishi mumkin. Bu haqda Vashington tahlil markazining sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlariga tayanib, Reuters xabar berdi.

Foto: Airbus DS

Tasvirlar shuni ko‘rsatadiki, Yongbyondagi 5 MVt quvvatga ega reaktor ishlashda davom etmoqda va ELWR atrofidagi yordamchi binoda qurilish allaqachon boshlangan. Bundan tashqari, tasvirlarda suv chiqishi aniqlangan, bu sovitish tizimini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, xuddi shu hududdagi uranni boyitish zavodi atrofida yangi qurilish ishlari qayd etilgan. Zavodning kengayishi, ehtimol, Kim Chen Inning yadroviy arsenalni kengaytirish uchun mamlakatda parchalanadigan materiallar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha yaqinda bergan ko‘rsatmasini aks ettiradi.

Foto: Airbus DS

KXDRning yadro dasturi 1960-yillarga borib taqaladi, o‘shanda mamlakat SSSR bilan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolagan. Shu bilan birga, Pxenyan Yonbyonda tadqiqot markazini qurishni boshlagan, u yerda 1965-yilda 2 MVt quvvatga ega Sovet IRT-2000 reaktori o‘rnatilgan. 1985 yil aprel oyida KXDR Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi, ammo 2003-yilda mamlakat shartnomadan chiqdi va 2006-yilda birinchi muvaffaqiyatli yadro sinovlarini o‘tkazdi.

Foto: Airbus DS

Janubiy Koreyada AQSH bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgani fonida Kim Chen In Shimoliy Koreya harbiylarini har qanday vaqtda yadro qurolidan javob qaytarishga tayyor turishga chaqirdi. 28-mart kuni u yadroviy qurollar uchun materiallar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni buyurdi. Shundan so‘ng Shimoliy Koreya rahbari yadro salohiyatini rivojlantirish mamlakat suverenitetini himoya qilish uchun zarur ekanini ta’kidladi.

Foto: Airbus DS
Foto: Airbus DS
Foto: Airbus DS

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »